Bugun tunda Ispaniya va Argentina keyingi tört yillikning eng kuçli jamoasini aniqlaydi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
JÇ-2026 finali
Ispaniya – Argentina
20 iyulga ötar keçasi, 00.00. New York/New Jersey Stadium (Nyu York)
Şunçaki eng kuçlilar
Bunday afişadagi final jahon çempionatiga ideal darajada mos keladi, çunki bu sayyoraning eng yaxşi ikki jamoasi örtasidagi murosasiz töqnaşuvdir.
Ispaniya – Yevropaning amaldagi çempioni, Argentina – amaldagi jahon çempioni va Amerika kubogi sohibi. Bundan taşqari, aynan şu ikki jamoa hozirda FIFA reytingida eng yuqori ikki örinni egallab turibdi: janubiy amerikaliklar birinçi, yevropaliklar ikkinçi örinda. Bu reyting yuritilişi boşlangan 1992 yildan buyon jahon çempionati finalida uning ikki yetakçisi özaro öynamoqda. Qöşimça intriga – bunga qadar biror marta turnir arafasida reytingda birinçi örinda bölgan jamoa yakunda çempionlikni qölga kiritmagan, şunday ekan, bu oqşom Argentina statistikaga ham qarşi borişiga töğri keladi.
Bundan taşqari, tarixda birinçi bor jahon birinçiligining hal qiluvçi öyinida ikki qit’a çempionlari töqnaşadi. Şu yil martida Ispaniya va Argentina Qatarda bitta öyindan iborat turnir – Finalissimada özaro kuç sinaşişi rejalaştirilgandi. Ammo AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlagaç, bu öyin bekor qilingandi. Endi bu ikki jamoa baribir yanada muhimroq sovrin uçun kuç sinaşadigan böldi.
Leo va u çömiltirgan Lamin
Argentina finalga çiqişi bilan ijtimoiy tarmoqlarda 2007 yilgi fotosurat virusdek tarqaldi, unda 20 yoşli Lionel Messi toğorada Lamin Yamal ism-şarifli çaqaloqni çömiltirayotgani aks etgan – öşanda u hali yarim yoş ham emasdi. Bu 2008 yilgi xayriya taqvimi uçun olingan real kartinadir.
Tabiiyki, öşanda heç kim bu ikki şaxs 19 yil ötib jahon çempionati finalida bir-biriga qarşi öynaşini tasavvur qila olmasdi. Qolaversa, Yamal va Messi öynayotgan jamoalarning yöli şu vaqtgaça kesişmagandi, şunday ekan, bu ularning ilk uçraşuvi böladi.
Bu dueldagi asosiy intriga fotosuratda ham emas. Leo uçun bu öyin katta ehtimol bilan, jahon çempionatlaridagi sönggi öyin bölib qoladi. Argentinalik futbolçi – hozirgi asrning dastlabki çoragida futbolning asosiy ramzlaridan biri. Lamin esa, aksinça, yangi davr yuzlaridan va «Barselona»da Messining vorisi. Pafosli qilib aytganda, buni ikki davr töqnaşuvi deyiş ham mumkin.
Mavzuga oid
Yamalning yangi rekordi
13 iyul kuni Yamal 19 yoşga töldi. U endi tarixdagi eng yoş jahon çempioni böla olmaydi – bu titul 1958 yilgi mundialda 17 yoşda bölgan Peleda qolmoqda. U jahon birinçiliklarida oltin medal qölga kiritgan eng yoş yevropalik ham böla olmaydi – italiyalik Juzeppe Bergomi 1982 yil 18 yoşida çempion bölgandi.
Ammo Yamal yanada yuqoriroq darajadagi maqomga erişişi mumkin – jahon va Yevropa çempionatlarida ğolib çiqqan eng yoş futbolçi. Ikki yil oldin uşbu vinger Ispaniya milliy jamoasi bilan 17 yoşga kirganini nişonlaganidan bir kun ötib qit’a çempionligini ham nişonlagandi, bugun tunda esa u yana bir katta sovrinni qölga kiritişi mumkin. Bungaça heç kim 19 yoşida ham Yevropa va ham jahon çempionatlarida ğolib böla olmagan.
De la Fuente yoki Skaloni: ulardan biri tarixga kiradi
Ispaniya milliy jamoasi safida ikki yil oldin Yevro ğolibi bölgan 16 nafar futbolçi bor. Ammo asosiy intriga murabbiylar ştabida. Luis de la Fuente jamoani 2022 yilgi jahon çempionatidan keyin qabul qilib olib, avvaliga qit’a birinçiligida ğolib böldi, endi navbat jahon birinçiligiga.
Agar jamoasi bu finalda ham ğalaba qozonsa, unda de la Fuente Yevropa çempionati va jahon çempionatida ğolib çiqqan uçinçi murabbiyga aylanadi. Bu borada birinçisi Helmut Şen bölgandi, u bu natijaga GFR termasi bilan erişgan (Yevro-1972, JÇ-1974), ikkinçisi esa – ispanlarning sobiq ustozi Visente del Boskedir (JÇ-2010, Yevro-2012).
Argentina milliy jamoasi ustozi Lionel Skaloni ham tarixga kiriş imkoniga ega. U allaqaçon Amerika kubogida ikki bor ğalaba qozondi, Finalissimada ğolib çiqdi, eng asosiysi, jahon çempioni bölişga ham ulgurgan. Hozirça öz jamoasi bilan ikki bor jahon çempioni bölgan yagona murabbiy – 1934 va 1938 yillarda öz vatani jamoasini jahon çempioniga aylantirgan italiyalik Vittorio Potsso bölib qolmoqda. Boşqa söz bilan aytganda, Skaloni qariyb bir asrdan buyon heç kim erişa olmayotgan natijaga erişişi mumkin.
17 nafar argentinalikda ikki karra jahon çempioni böliş imkoni bor
Argentina milliy jamoasi tarkibi sönggi tört yilda deyarli özgarmadi. Qaydnomadagi 26 futbolçidan 17 nafari Qatardagi mundialda ham jahon çempioni bölgandi. Yakşanba oqşomidagi öyinda ular ikki karra jahon çempioni böliş va ikki karra JÇ çempioni bölgan futbolçilar röyxatini jiddiy darajada kengaytiriş imkoniga ega – hozirda bunday röyxatda 20 kişi bor. Bular asosan brazillar va italyanlardir, ammo u yerda bitta argentinalik – 1978 va 1986 yilgi mundiallarda Argentina milliy jamoasi safida bölgan Daniel Passarella ham bor.
Pele esa uç karra jahon çempioni bölişga muvaffaq bölgan yagona futbolçidir. Ammo agar bu tunda Argentina ğalaba qozonadigan bölsa, uning rekordini ham keyingi mundiallarda qaysidir argentinalik takrorlaşi mumkin böladi.
Rodri tarixga kirişi mumkin
Şu vaqtgaça faqat ön kişi «Oltin töp», jahon çempionati va Çempionlar ligasi/Yevropa çempionlari kubogini qölga kiritgan:
Bobbi Çarlton
Gerd Myuller
Frans Bekkenbauer
Paolo Rossi
Zinedin Zidan
Rivaldo
Ronaldinio
Kaka
Lionel Messi
Usmon Dembele
Körinib turibdiki, bu röyxatda ispanlar yöq, şunday ekan, Rodri birinçisi bölişi mumkin. 30 yoşli uşbu yarimhimoyaçi 2023 yilda «Mançester Siti» bilan Çempionlar ligasi ğolibi bölgan, 2024 yilda «Oltin töp» uçun kuraşda Vinisiusni ortda qoldirgan. Jahon çempionatida ham ğolib çiqiş uning nomini abadiylaştiradi.
Ispaniya rekordga qarab ketmoqda
Yarimfinalda Fransiya ustidan qozonilgan ğalaba şuni anglatadiki, Ispaniya milliy jamoasi mağlubiyatsiz öyinlar seriyasini 37 öyinga yetkazgan. Luis de la Fuente şogirdlari oxirgi bor 2024 yil 22 mart kuni Kolumbiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida yutqazgandi (0:1). Ötgan yil Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga penaltilar seriyasida boy berilgan öyin bu örinda mağlubiyat deb hisoblanmaydi, çunki öyinning asosiy vaqti durang hisob bilan tugagan.
37 öyin – 2018 yildan 2021 yilga qadar bölgan oraliqda umuman yutqazmagan Italiya milliy jamoasi rekordini takrorlaşdir. Agar jahon çempionati finalida Ispaniya ğalaba qozonsa yoki öyinni penaltilar seriyasigaça olib borsa, unda «Qizil furiya» jahon rekordini yangilaydi.
Kim eng yaxşi töpurar böladi?
Bu safargi mundialda töpurarlar örtasida fantastik poyga kuzatilib, bir vaqtning özida bir neça yulduzlar birinçilik uçun kuraş olib borişdi. Uçinçi örin uçun Fransiya va Angliya örtasida keçgan bahsdan (4:6) keyin töpurarlar röyxati (gol+pas tizimida) quyidagi körinişda:
Gollar soni teng bölib qolgan taqdirda «Oltin butsa» golli uzatmalar soni köp bölgan futbolçiga beriladi. Uçinçi örin uçun keçgan bahsda Mbappe 2 gol urdi va bir golga uzatma berib, poygada yaqqol birinçi öringa çiqib oldi. Hozirda faqat Messi va Oyyarsabalda unga yetib oliş uçun nazariy imkoniyat mavjud.
Uni quvib ötiş uçun Messi finalda yoki het-trik qayd etişi yoki 2 gol va 1 golli uzatma muallifi bölişi talab etiladi. Ispaniyalik hujumçida esa amalda imkoniyat yöq: u finalda kamida beşta gol urişiga heç kim işonmaydi.
Qolaversa, Messi JÇ tarixidagi eng yaxşi töpurar maqomini ham boy bergan: ötgan tundagi öyindan keyin Mbappe 22 gol bilan birinçi öringa çiqib oldi, Messi undan bitta kam gol urgan.
«Oltin töp»ni kim oladi?
Yana bir muhim masala – «Oltin töp»ni kim qabul qilişi. Gap har ikki sovrin haqida ketmoqda – jahon çempionatining eng yaxşi futbolçisiga beriladigan va France Football tomonidan har yili topşiriladigan sovrinlar.
E’tiborli jihati, Messi 39 yoşida ham uşbu sovrinlar uçun real da’vogarlik qilmoqda. Yarimfinal öyinlaridan keyin argentinalik hujumçi köp versiyalar böyiça favoritga aylandi. Agar Argentina jahon çempioniga aylansa, uni turnirning eng yaxşi futbolçisi sifatida tan olmaslikning imkoni yöq. Agar Ispaniya ğolib bölsa, boşqa variantlar ham paydo böladi va köp narsa final öyiniga boğliq.