Toşkent şahrining Yunusobod tumanidan oqib ötuvçi Yuqori Bözsuv kanaliga çömiliş uçun borgan fuqaro, ehtiyotsizlik oqibatida çökib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar bermoqda.
Fojia 21 iyul kuni soat 14:07 da Yuqori Bözsuv köçasi hududida sodir bölgan. Fuqaro çömiliş maqsadida suvga tuşib, ehtiyotsizligi oqibatida çökib ketgan.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar böyiça qutqaruv xizmatlari va ğavvoslar jalb etilgan. Olib borilgan qidiruv işlari natidasida fuqaroning jasadi soat 18:35 da çökkan joyidan taxminan 100 metr uzoqlikdan topilib, tegişli xizmatlarga topşirilgan.
Avvalroq Jizzax viloyati Mirzaçöl tumanida fermer xöjaligi hududidagi sun’iy suv hovuzida çömilayotgan 14, 16 va 17 yoşli qizlar çökib ketgani haqida xabar berilgandi.

















