«Rayxon oilaviy milliy taomlari» ta’sisçisi Odilxon Ismoilov va yana 6 nafar sudlanuvçiga nisbatan hukm öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud hukmiga köra, Odilxon Ismoilov va boşqa sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi:

167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi
209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandi
227-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismi «a» bandi
228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi «a», «b» bandlari.
Odilxon Ismoilovga 8 yil (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga (uşlab turiş, qamoqqa oliş yoki uy qamoği vaqtini hisobga oliş qoidalari) asosan 7 yil 11 oy 28 kun) muddatga, qolgan 6 nafar sudlanuvçiga jinoiy xatti-harakatlaridan kelib çiqib turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlandi.

Jinoyat işi doirasida yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvçilardan solidar tartibda undirilişi belgilandi.

Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.

Asosiy figurant haqida nimalar ma’lum?

Odilxon Ismoilov 1977 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, «Rayxon oilaviy milliy taomlari» ta’sisçisi hisoblanadi.

U 2010 yildan Toşkent şahar boş imom xatibi örinbosari bölgan. 2011 yildan 2018 yil iyuligaça Şayxontohur tumani boş imom xatibi va «Şayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi bölib işlagan. 2018 iyulda esa Musulmonlar idorasi Ismoilov «tasdiqlanmagan xabarlarni internet orqali tarqatgani va bemorligi vajidan vazifani uddalay olmayotgani sababli» işdan olinganini ma’lum qilgan.

Odilxon Ismoilov 2019 yildan boşlab «Vaqf» xayriya jamoat fondida faoliyat yuritgan.