Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 271-son qarori bilan 1 avgustdan haydovçilik guvohnomasini oliş imtihon oliş amaliyotini xususiy tadbirkorlarga beriş nazarda tutilmoqda.
Bu jarayon qanday taşkil etiladi? Kelgusida qator xorijiy davlatlardagi kabi haydovçilik kurslarida tahsil olmasdan, imtihon topşirib haydovçilik oliş imkoni beriladimi? Tadbirkorlik sub'yekti tomonidan taşkil etilgan imtihon oliş markazida korrupsiyaning oldi qanday olinadi? Nima uçun «E» toifasini oliş uçun yuk maşinasini boşqarganlik talabi qançalik qonunga mos keladi?
IIV YHXBB bölinma boşliği, podpolkovnik Murodbek Şerliyev Kun.uz bilan suhbatda şu kabi savollarga javob berdi.
Imtihon topşirmoqçi bölganlarni nimalar kutmoqda?
«Vazirlar Mahkamasi qarori bilan haydovçilik guvohnomasi uçun bugungi kunda davlat yöl harakati xavfsizligi zimmasida bölgan imtihon oliş jarayoni tadbirkorlik sub'yektlariga berilmoqda. Bunda barça toifadagi haydovçilik guvohnomalarini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni (trolleybus va tramvaydan taşqari) inson omilini çeklagan holda avtomatlaştirilgan avtodromlarni qurgan holda xususiy sektor tomonidan amalga oşiriladi».
Qanday talablar bor?
«Xususiy tadbirkorlik sub'yektlari haydovçilik uçun imtihon olişni taşkil etişidan avval belgilangan tartibdagi avtomatlaştirilgan avtodromni barpo qilişi, inson omili çeklangan, töliq avtomatlaştirilgan holatda imtihon olinadigan tizimni yaratişi kerak. Nazariy imtihon ham xuddi şunday alohida xonada, videoyozuv qurilmalari örnatilgan holda imtihonlarni taşkil etişi belgilandi».

Haydovçilik guvohnomasini kim beradi?
«Haydovçilikka nomzod imtihonni muvaffaqiyatli topşirsa, unga sertifikat beriladi, u uşbu sertifikat bilan Davlat xizmatlari agentligi yoki yaqin oradagi davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatlarining röyxatlaş va imtihon oliş bölimlaridan haydovçilik guvohnomasini bemalol olişi mumkin böladi».
Xususiy imtihon oliş markazida barçasi avtomatlaştirilgan bölişi şart
«Haydovçilikka nomzod transport vositasiga ötirganida kabina içida uning töliq holatini qayd etib turadigan kamera, taşqarida avtomobilni boşqarişini namoyiş qiluvçi hamda umumiy tartibda nazorat qiluvçi kamera bölişi şart. Şuningdek, transport vositasiga datçiklar örnatiladi. Ular avtomobilning qanday boşqarilayotganini körsatib turadi. Nomzodga maksimal 100 ball berilişi mumkin. Har bir xatosi uçun ballar kamayib boradi. Ballarning qolgan miqdoridan kelib çiqqan holda nomzod imtihondan ötgani yoki öta olmaganini bilib oladi. Mabodo, nomzod qöpol qoidabuzarliklarni sodir etsa, imtihondan çetlaştiriladi.
Tadbirkorlar tomonidan taşkil etiladigan imtihon oliş markazlarida nazariy imtihon topşiriş uçun xonaning maydoni 72 kvadrat metrdan kam bölmasligi lozim. Bundan taşqari, xonada imtihon jarayonini bevosita onlayn kuzatiş imtihonini beruvçi moslama va jihozlar bölişi şart».
Imtihonni 7 kundan söng qayta topşirişi mumkin
«Vazirlar Mahkamasining 408-qaroriga asosan, haydovçilikka nomzod imtihonga kirib çiqqaç, natijalari salbiy bölsa, yana yetti kundan söng imtihonni qayta topşirişi mumkin. Bu jarayon imtihondan ijobiy natija olgunça 7 kun oraliq bilan davom etaveradi. Davlat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmalarida nazariy imtihon uçun BHM (bazaviy hisoblaş miqdori) – ya'ni 245 000 sömning 10 foizi, amaliy imtihon uçun 15 foizi miqdorida haq tölanadi. Bu tegişli ravişda 24 500 söm va 36 750 sömni taşkil etadi.
Tadbirkorlik sub'yektlarida imtihon narxi mustaqil belgilanadi. Qolaversa, prezident qarorida sohani rivojlantiriş uçun tölovlardan tuşgan summa uşbu markazni taşkil etgan tadbirkorlarda qolişi belgilangan. Bu albatta, tadbirkorlik sub'yektlarida raqobatga sabab böladi».
Imtihon varaqasidagi nazariy savollar soni oşiriladi
«Yöl harakati qoidalari yangi tahrirda işlab çiqilmoqda. Şundan söng, imtihon varaqalaridagi savollar soni ham köpaytiriladi. Hozirgi kunda jami 700ta savol bölsa, ularning sonini 1000 yoki 1200taga çiqariş rejalaştirilmoqda. Qarorda ham alohida qayd etilgan, bugungi kunda nazariy savollar soni bir varaqada 10ta bölsa, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan taşkil etilgan markazlardagi imtihon varaqalarida 20ta savol tuşadi. Şunda nomzod 20ta savoldan 18tasiga töğri javob berişi şart böladi».

Öqimasdan haydovçilik guvohnomasi oliş mumkinmi?
«Har bir qarorga özgartiriş kiritişdan oldin xorijiy davlatlarning bu boradagi tajribasini örganamiz. Ayrim davlatlarda haydovçilikka nomzod öquv kurslariga qatnamasdan, töğridan töğri imtihon topşiradi. Imtihondan ötsa, haydovçilik guvohnomasini oladi. Masalan, Germaniyaning ayrim hududlarida öqimasdan guvohnoma olsa, bir yil davomida yonida haydovçilik guvohnomasi bölgan kişi bilan birgalikda transport vositasini boşqarişi belgilangan ekan. Ayrim davlatlarda ballik tizimga ötkazilgan. Öquv kursidan öqimasdan haydovçilik guvohnomasi olgan haydovçiga 100 ball beriladi. U bir yil davomida, qoidabuzarliklar bois, uşbu ballarni tugatib qöysa, malaka oşiriş uçun öquv kursiga yuboriladi. Bizda ham imtihon oliş jarayonlarining tadbirkorlik sub'yektlariga berilişining asosiy sababi ham şuki, bosqiçma-bosqiç şunga yetib kelamiz».
Imtihon topşirişda korrupsiyaga qanday qilib yöl qöyilmaydi?
«Yuqorida aytib ötdim, imtihon jarayonlarini istagan fuqaro onlayn tartibda bemalol kuzata oladi. Bundan taşqari, imtihonni YHX xizmati xodimi ham kuzatadi. Şu bilan birga, imtihon topşiriş jarayonining özi töliq avtomatlaştirilgan böladi. Inson omiliga yöl qöyilmaydi, bahoni avtomatik tizimning özi qöyadi. Nazariy imtihondan öta olmadimi, amaliy imtihon topşirişga texnikaning özi ruxsat bermaydi».
«E» toifaga öqiş uçun BC toifadagi haydovçi uçun qaysi transport vositasini boşqarganining ahamiyati yöq
«Qarorni talqin qilişda har kim har xil tuşunadi. 408-qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bob, 63-bandida avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş kurslarining tinglovçilari uçun qöyiladigan talablar aniq yozib qöyilgan.
Unga köra, nomzod:
- soğliğining holati böyiça maxsus tibbiy talablarga javob berişi;
- ma'lumoti umumiy örta ma'lumotdan kam bölmasligi;
- öquv maşğulotlari ta'lim muddati yakunida «A» toifali mototransport vositalarini boşqariş huquqiga ega böliş uçun — 16 yoşga;
- «B», «B» va «C» toifali transport vositalarini boşqariş huquqiga ega böliş uçun — 18 yoşga;
- «D» toifali transport vositalarini boşqariş huquqiga ega böliş uçun — 21 yoşga tölgan bölişi;
- «Be», «Ce» va «De» toifalariga ega böliş uçun «B», «B» va «C», «C», «D» toifalardagi transport vositalarini boşqariş böyiça kamida ön ikki oy haydovçilik stajiga ega bölişi lozim.
Şu örinda, nomzodda «B» va «C» toifalari bölib, «E» toifaga öqib kelsa, unga «Be», «Ce» toifasi beriladi. Bunda qaysi turdagi transport vositasini boşqariş böyiça stajning ahamiyati yöq.
Şuningdek, «Ce» toifasini öqimasdan ham oliş mumkin. Buning uçun 10 yillik yuk transport vositasini boşqargan bölsa, yoki nomida şu turdagi transport vositasi bölişi, işonçnoma, ijara şartnomasi bölsa kifoya qiladi».
Kun.uz muxbiri qarorning mazkur qismini izohlab berişni sörab Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Örinboyevaga murojaat qildi. Adliya vazirligi mutaxassislari 408-qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bob, 63-bandi, 6-xatboşini izohlab, «B» va «C» haydovçilik guvohnomasigi ega bölgan haydovçi uçun bir yillik staj talab qilinişi, biroq bunda uning qanday transport vositasini boşqarganining ahamiyati yöqligini ta'kidlaşgan.











