Buning uçun tamaddixonaga kiriş joyida mijozlarga faqatgina közni suratga oluvçi maxsus közoynaklar berilgan. Söngra sun'iy ong maxsus algoritmlar yordamida olingan tasvirni tahlil qilgan. RTVE telekanalining xabar berişiça, natijani oliş uçun bor-yöği 3 soniya talab etiladi.
Ispaniya, AQŞ va Xitoy olimlarini birlaştirgan OcuTech deb nomlangan uşbu loyiha rahbari Paula Bonedning ta'kidlaşiça, olimlar bir neça oylik tadqiqotlardan keyin koronavirusga xos alomatlar közlarda aks etişini aniqlaşgan. Uning ta'kidlaşiça, şifokor va muhandislarning birgalikdagi sa'y-harakatlari evaziga közlarda aynan koronavirus keltirib çiqaradigan şamollaş jarayonini aniqlovçi algoritm işlab çiqilgan.
Texnologiya olingan tasvirni tahlil qilib, odamda koronavirus bor-yöqligini prognoz qiladi. Suratlar tahlildan keyin yöq qilib yuboriladi, sinaluvçiga esa koronavirusga tezkor test topşiriş taklif etiladi.
Uşbu texnologiyani taqdim etgan Innoarea Projecs kompaniyasi direktori Alfonso Sorianoning ta'kidlaşiça, virusni tekşirişning bunday usuli gavjum joylar: aeroport, köngiloçar markazlar, mehmonxona va restoranlar uçun juda mos keladi.












