“24 may kuni hurmatli prezidentimiz huzurida maktabgaça ta'lim muassasalari qamrovini kengaytiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazildi.

Bilasizlar, davlatimiz rahbari bu sohaga islohotlarning birinçi kunidan katta e'tibor qaratib kelyaptilar. Bilimli yoşlarni tarbiyalaş boğçadan boşlanadi. Buning uçun esa hamma joyda yaxşi muassasalar va şaroitlar yaratilgan bölişi kerak.

2016 yilda atigi 23 foiz bolalar boğçaga borgan bölsa, ötgan 
4 yildagi harakatlar natijasida bugungi kunda bu qamrov 60 foizga yetdi. Lekin bu ham hali yetarli emas.

Şu bois yiğilişda davlatimiz rahbari tomonidan maktabgaça ta'lim qamrovini yanada oşiriş böyiça köplab vazifalar qöyildi. Ulardan kelib çiqib, 26 may kuni hududlarda maktabgaça ta'lim xizmatlarini kengaytiriş töğrisida prezident qarori qabul qilindi.

Uşbu qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda maktabgaça ta'lim qamrovini oşiriş çora-tadbirlarini moliyalaştiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisobidan 100 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar ajratilmoqda”, dedi Şerzod Asadov.

Ma'lum qilinişiça, bu mablağ 2022-2023 yillarda qaytariş şarti bilan, foizsiz beriladi.