Forumda Şerzod Asadov zamonaviy jurnalistika oldida turgan tahdidlar, sunʼiy intellekt, söz erkinligi, milliy media va jurnalistning jamiyatdagi örni haqida fikr bildirdi.
“Bugun axborot çegara bilmaydi. Bir voqea haqidagi xabar sanoqli soniyalarda millionlab odamlarga yetib boradi. Biroq axborot bilan birga yolğon, manipulyatsiya, feyk xabarlar va axborot xurujlari ham tez tarqalmoqda. Şuning uçun bugun jurnalistika oldidagi eng muhim vazifalardan biri - işonçli axborotni taʼminlaşdir”, - dedi u.
Şerzod Asadov sunʼiy intellektning jurnalistikaga jadal kirib kelayotganiga ham töxtaldi. Uning taʼkidlaşiça, sunʼiy intellekt jurnalistning örnini bosmaydi, aksinça, uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Texnologiyalar qançalik rivojlanmasin, jurnalistikaning asosiy mezonlari - haqiqat, xolislik, vijdon va inson manfaatiga xizmat qiliş tamoyillari özgarmasligi kerak”, - dedi Prezident matbuot kotibi.
U, şuningdek, zamonaviy jurnalistikaning bugungi global muammolardan biri sifatida haqiqiy söz erkinligi inqirozi masalasini kötardi. Ayrim hollarda söz erkinligining siyosiy bosim vositasiga aylanişi jurnalistikaning xolisligi va işonçliligiga putur yetkazayotganini qayd etdi.
Ş.Asadovga köra, milliy manfaatlarni himoya qiliş dunyodan yopiliş degani emas. Aksinça, bu - faktlarga tayaniş, voqealarni xolis tahlil qiliş va jamiyat bilan oçiq muloqot örnatişdir.
Prezident matbuot kotibi jurnalistning vazifasi faqat axborot yetkaziş bilan çeklanmasligini ham taʼkidladi. Jurnalist odamlarning dardu taşvişini eşitadi, muammolarini kötaradi va jamoatçilik ovozining davlat idoralariga yetib borişini taʼminlaydi.
Şu bilan birga, Şerzod Asadov forumning Islom sivilizatsiyasi markazida ötkazilayotgani öziga xos ramziy maʼnoga ega ekanini taʼkidladi. Prezident taşabbusi bilan barpo etilgan uşbu maskan xalqimizning köp ming yillik ilmiy va maʼnaviy merosini jahonga tanitişga xizmat qiladi.

















