Şerzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida işlab kelmoqda. Öşanda davlat rahbari bu tayinlovni quyidagiça izohlagan edi:
“Köp öylab şu qarorga keldim. Bugun Şerzod Asadovni prezidentning matbuot kotibi etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni körgan. U ham katta kuraş maydoniga kiryapti. Şu fursatdan foydalanib aytmoqçiman, Şerzod Asadov davlat siyosatining yoritilişiga masʼul böladi.
Unga juda masʼuliyatli vazifa topşirilyapti. Barça idoralarning matbuot kotiblarini öqitiş, malakasini oşiriş kerak. Soliştiriş, xolisona yondaşuvni örgatiş kerak. Har bir vazirlik matbuot xizmatlari Asadovga böysunadi va hisobot beradi. U barça idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlaştirib boradi.
Avvalgi davr bilan soliştiriş kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkaziş kerak. Dunyoda axborot olamida keskin kuraşlar ketyapti. Buni töğri anglab yetiş kerak”.
Şerzod Asadov 2015-2017 yillarda taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamçi bölgan, 2017-yildan Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasida iş boşlab, 2018-2020 yillarda Özbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elçisi bölib işlagan. 2020-yil martidan 2021-yil martigaça Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

















