Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Samarqand viloyatining Urgut tumanida yozda qöşimça daromad topib oilasiga yordam berayotgan yuqori sinf öquvçilari bilan suhbatda bölib, ularning işlari bilan tanişdi.
“Yozda vaqtlarini behuda ötkazmay, öz halol mehnati bilan oila rözğoriga kömaklaşayotgan yuqori sinf öquvçilaridan tengdoşlari örnak olişi zarur.
Urgutga borganimizda qator maktab öquvçilari bilan yoz vaqtida qöşimça daromad topişlari haqida suhbatlaşdik. Ularning orasida nafaqat özi mehnat qilib 5-10 mln söm oyiga topayotganlari, balki özidan taşqari qöşimça 30-40 nafar işçilarni ham oylik bilan ta'minlab, özi oyiga 15-20 mln.dan ortiq daromad topayotgan tadbirkorlari ham bor ekanligini körib juda xursand böldim” deb yozadi vazir öz sahifasida.
Ma'lum bölişiça, maktablar reytingi avvalgi yillarda faqat öquvçilarning OTMga kirişi bilan belgilangani sababli tuman körsatkiçi ança past bölgan. Kelasi yildan natijalar nafaqat OTMga kiriş körsatkiçi, bitiruvçilarning bandligi bilan ham baholanadi.
“Maktablarimiz OTMga qiziqişi yöq bölgan öquvçilarni mehnat bozoriga töğri yönaltiriş böyiça sektor rahbarlari bilan hamkorlikda harakat qilişi kerak” deya ta'kidlagan Şermatov.
Vazirlik axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Urgut tumanidagi maktablarning 21 nafar 8-11 sinf öquvçilari ayni paytda turli yönalişda öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişgan. Ular sandiqçilik, beşikçilik, zargarlik, tunukaçilik, mebel ustasi va duradgorlik, kasanaçilik, tön tikiş va poyabzal işlab çiqariş va boşqa bir neça turdagi mahsulotlar işlab çiqariş bilan şuğullanişadi. Öquvçilar bir oyda eng kami 2,5-3 milliondan 25 milliongaça sof daromad qilişmoqda.
Avvalroq, Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi 255-sonli maktab öquvçilari ham çoyşab va yostiq jildlari tikiş orqali 110 mln söm daromad topişgani haqida xabar berilgan edi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi