1978 yilda qurilgan xaroba bino, bittagina eski ginekologik kreslo va oddiy tahlil uçun şaharga qatnaydigan odamlar... Bu Urgutning çekka hududidagi 21-sonli poliklinikaning 4 oy oldingi ahvoli edi. Bugun esa bu yerda oyiga 100 nafar çaqaloq xavfsiz şaroitda dunyoga kelmoqda. Qisqa muddat içida “ibtidoiy” maskan qanday qilib zamonaviy klinikaga aylandi?
Eng oğiri esa toğli hududlarda yaşovçi homilador ayollar bilan boğliq vaziyat edi. Ahvoli oğirlaşgan bemorlarni qorli va xavfli yöllar orqali tuman markaziga olib çiqişga töğri kelgan holatlar köp bölgan.
2025 yil 18 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga taşrifi doirasida uşbu poliklinikada böldi. Taşrif çoğida muassasadagi şaroitlar va tutaş joylaşgan tuğuruqxonadagi ahvol közdan keçirildi.
Ayniqsa, tuğuruq bölimidagi manzara muammoning kölamini yaqqol körsatib bergandi. Bölimda ayollar uçun yetarli şaroit yöq, zamonaviy jihozlar deyarli mavjud emasdi. Administratsiya rahbari holat böyiça mas’ullarga kerakli körsatmalarni bergandi.

Oradan tört oyga yaqin vaqt ötib, poliklinika, tuğuruqxona va tez tibbiy yordam bölimi töliq qayta qurildi. Yangilangan muassasa 2026 yil aprel oyi oxirida aholiga topşirildi.
Bugun bu yer avvalgi manzarani eslatmaydi. 16 ta mahallaga xizmat körsatuvçi muassasada fizioterapiya bölimi uçun önga yaqin zamonaviy qurilma örnatildi. Ilgari bu yerda bittagina eski UVÇ apparatidan foydalanilgan.
Avval umuman bölmagan raqamli rentgen apparati va zamonaviy UZI uskunalari ham keltirildi. Ilgari aholi oddiy tahlil uçun ham boşqa hududlarga qatnaşga majbur bölgan bölsa, hozir laboratoriyada 30 dan ortiq tahlil turlari şu joyning özida amalga oşirilmoqda.

Tuğuruq bölimidagi özgarişlar esa eng muhim yangilanişlardan biri böldi. Ilgari bitta ginekologik kreslo bilan çeklangan bölimda hozir töliq jihozlangan operatsiya bloki taşkil etildi. Avval mavjud bölmagan reanimatsiya xonasi va kislorod konsentratori ham işga tuşirildi.
Muassasa ma’lumotlariga köra, hozir oyiga qariyb 100 nafar çaqaloq uşbu tuğuruq bölimida dunyoga kelmoqda.



















