«Bir narsani oçiq aytiş kerak: Sudyalar oliy kengaşidan boşqa birorta organ oyma-oy neça nafar xodimi vazifasidan ozod etilgani yoki qançasi intizomiy javobgarlikka tortilgani haqida ma'lumot bermasa kerak.
Gap sudyalarning şaxsini oşkor qilişda emas, ularga nisbatan öz vaqtida körilayotgan çorada.
Qolaversa, bitta sudya bir oyda bir neça önlab iş köradi, aholi ziç joyda işlayotgan fuqarolik sudyalari (bir oyda) 100 va undan ortiq iş köradi. Şunday şaroitda uning bitta, ikkita yo uçta işda protsessual xatoga yöl qöyişi ehtimoli bor. Agar ularning şaxsini oşkor qiladigan bölsak, bu holat ular körgan boşqa işlar böyiça çiqarilgan qarorlar ustidan norozi tomonlar qölida bayroq böladi va uşbu qarorlar ustidan ham tinimsiz yoziladi. Bu öz-özidan sudyaga nisbatan bosim paydo qiladi.
Ikkinçidan, Kengaş sudyalarga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllaşga rozilik beradi, jazo tegişli malaka hay'atlari tomonidan qöllaniladi. Biz rozilik berilgani haqida axborot beryapmiz, hali unga jazo qöllangani yöq. Hali jazo qöllanmay turib ularning şaxsini oçiqlaş na qonunga va na mantiqqa töğri keladi», – deydi Tursunali Akbarov.
Mavzuga doir:










