Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida «Sudyalarning maqomi töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Qonun loyihasi sudyalarning maqomini alohida qonun darajasida belgilaş, sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlaş, şuningdek, sudyalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratilgan.
Hujjat bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarga qöyiladigan ayrim talablarni qayta körib çiqiş taklif etilmoqda. Xususan, sudya va xalq maslahatçilari uçun amaldagi 35 yoşlik yoş senzini 30 yoşga tuşiriş nazarda tutilgan.
Şuningdek, sudyalarni lavozimga tayinlaş tartibini özgartiriş taklif qilinmoqda. Loyihaga köra, sudya dastlab 5 yillik muddatga, keyinçalik esa muddatsiz davrga tayinlanişi mumkin.
Ayni paytda sudya, sud raisi va uning örinbosari lavozimlariga nomzodlarga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş ham nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasida sudyalar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qiliş bilan boğliq qator normalar ham aks etgan.
Yana bir muhim yangilik - milliy qonunçilikka «isteʼfodagi sudya» institutini joriy etiş taklif qilinmoqda. Loyihaga muvofiq, isteʼfoga çiqqan sudya boşqa huquqlar bilan bir qatorda professional mediatorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqiga ham ega böladi.
Bundan taşqari, Oliy sud va quyi sudlar apparatlari faoliyatini yanada samarali taşkil etişga qaratilgan ayrim normalarni kiritiş közda tutilgan.
Qonun loyihasi muhokamasi davomida deputatlar sudyalar maqomini alohida qonun bilan belgilaş sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş, sudyalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuçaytirişda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Deputatlar hujjatda nazarda tutilgan normalarning amaliyotda samarali işlaşini taʼminlaş böyiça ham qator takliflarni bildirdi.
Muhokamalar yakunida «Sudyalarning maqomi töğrisida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi. Hujjat ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlarning taklif va tavsiyalari asosida takomillaştiriladi.








