Sirdaryoda pora bilan uşlangan sudya va bankda işlagan mansabdorga hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Iş tafsiloti
Sud hukmiga köra, 39 yoşli E.S. Sirdaryo viloyati sudi iqtisodiy işlar böyiça sudyasi, 40 yoşli D.T. esa “Agrobank”ning Guliston filiali boşqaruvçisi örinbosari lavozimida işlagan. Ikki sudlanuvçi avvaldan özaro taniş bölgan.
Hududdagi MÇJlardan birining rahbari Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining avtostansiya binosini buziş haqidagi hal qiluv qaroridan norozi bölib, Sirdaryo viloyat sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼatiga kassatsiya şikoyati kiritgan. D.T. uşbu MÇJ rahbari bilan taniş bölgan.
Şu tariqa, sudya va bank mansabdori til biriktirgan: D.T. MÇJ rahbarini pul bermagani uçun sud muhokamasi keyinga qoldirilayotganiga işontirgan. U 8 ming dollar evaziga işni ijobiy hal qilib berişni aytgan. Öz navbatida sudya sud muhokamasini noqonuniy ravişda 5-marta qoldirgan. Şundan söng D.T. 2026-yil 6-aprel kuni MÇJ rahbaridan 2 ming dollar olgan.
Sudya öz harakatini davom ettirib, pul mablağlari töliq bölmagani sababli 2026-yil 9-aprel kuni yetarli asoslarsiz sud muhokamasiga tanaffus eʼlon qilgan. 2026-yil 13-aprelda D.T MÇJ rahbaridan yana 5,5 ming dollar olgan. E.S. şu zahoti Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining noqonuniy qurilişni buzdiriş haqidagi hal qiluv qarorini bekor qilib, işni MÇJ rahbari foydasiga ijobiy hal qilib bergan. Qölga kiritilgan 7, 5 ming dollar pulni esa özaro taqsimlab olişgan.
MÇJ rahbarining arizasi asosida ötkazilgan tezkor tadbirda pul mablağlarining 3 600 dollar E.S.dan, 3 900 dollari D.T.dan aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan.
“Minnatdorçilik tariqasida oldim”
Sudya sud majlisida öz aybiga qisman iqrorlik bildirgan hamda pulni pora tariqasida emas, moddiy rağbatlantiriş deb olganini aytgan.
“D.T. menga MÇJ rahbari tanişi ekanini, birinçi instansiya sudining qarori noqonuniy bölganini, tanişi rahbarligidagi jamiyat tomonidan bino özboşimçalik bilan qurilmaganini aytdi va şu masalada qonuniy yordam söradi. Şundan söng, kassatsiya şikoyatini iş yurituvimga qabul qilib, sud muhokamasiga tayinladim.
2026-yil 13-aprel kuni Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvogar daʼvosini rad qiliş töğrisida yangi qaror eʼlon qildim. Lekin birinçi instansiya sudining qarorini bekor qilişga kassatsiya şikoyatida körsatilgan vajlar asos bölmadi.







