Turkiya harbiy-texnik kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Kargu-2 jangovar droni jang şaroitida mustaqil ravişda jangçini yöq qila oldi. Uşbu hodisa Liviyadagi qurolli ixtilof vaqtida 2020 yil martida yuz bergan, biroq bu haqda endi ma'lum böldi.

BMT Xavfsizlik kengaşining Liviya böyiça ekspertlari guruhi hisobotiga köra, Kargu-2 inson buyruqlarisiz, özi mustaqil ravişda tirik nişon ortidan kuzatuv olib borib, unga hujum qilgan. Bu Liviyada hukumat kuçlari va feldmarşal Xalifa Xaftar milliy armiyasi örtasidagi janglar vaqtida yuz bergan. Dron qurboni Xaftar armiyasi jangçisi bölgan. Turkiya uşbu töqnaşuvda Liviya hukumat kuçlarini qöllab-quvvatlagandi.

Ta'kidlanişiça, uşbu holat tarixda birinçi marta inson aralaşuvisiz dron tomonidan odamning yöq qilinişi hisoblanadi.

Dron «yuqori samarador avtonom rejim»da işlagan, ya'ni operator buyruqlarisiz hujum qilişga dasturlaştirilgan bölgan.

Ma'lumotlarga köra, Kargu-2 bomba bilan qurollanadi.