Qayd etilişiça, “Özgidromet”ning meteorologik stansiyalari ma'lumotlari böyiça keça-kunduz uçun maksimal havo harorati quyidagiça köriniş oldi:

  • Nukus – 41,2 daraja issiq, bu 2015 yilga nisbatan 1,7 darajaga yuqori (39,5 daraja issiq);
  • Urganç – 42,9 daraja issiq, bu 1933 yilga nisbatan 3,5 darajaga yuqori (39,4 daraja issiq);
  • Buxoro – 43,0 daraja issiq, bu 1967 yilga nisbatan 2,7 darajaga yuqori (40,3 daraja issiq);
  • Navoiy – 41,0 daraja issiq, bu 1961 yilga nisbatan 0,5 darajaga yuqori (40,5 daraja issiq) böldi.

Bundan oldin, “Özgidromet” hafta davomida Özbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bölişi davom etişi töğrisida xabar bergandi.

Iş haftasi davomida aksariyat viloyatlarda havo harorati keçalari 22-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 37-39 daraja issiqni, janubda va çöl hududlarida 38-43 daraja issiqni taşkil etadi. 

Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlaşadi, ayrim tumanlarda undan yuqori böladi.