31 may kuni Janubiy Koreyaning Inçon şahri hududidagi yangi innovatsion, smart şaharça hisoblangan Songdoda birinçi marotaba Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi (WAYU)ning rasmiy vakolatxona sifatida oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan Uzbeklife muxbiri Feruza Avazova xabar berdi.
Endilikda uşbu uyuşma Koreya hududida yangi nodavlat notijorat taşkilot sifatida faoliyat olib boradi. Uşbu taşkilotning oçilişida Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçixonasi, Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi (Toşkent şahri), Koreya-Özbekiston biznes assotsiatsiyasi, Inçon şahar hokimiyati yaqindan kömak berdi. Tadbirning oçiliş marosimida ham uşbu vakolatxonaning oçilişida kömaklaşgan barça rasmiy idoralar vakillari, şuningdek, Koreyada yaşab, mehnat qilayotgan faol yoşlar ham iştirok etişdi.
Hozirda WAYU’ga a'zo bölgan yoşlar soni 20 nafarni taşkil qiladi. Taşkilot Koreya Respublikasida yaşab, tahsil olayotgan yoşlar ma'lumotlar bazasini şakllantiriş, ikki davlat OTMlari bilan mustahkam aloqalarini örnatiş, Koreya Respublikasidagi yoşlar faoliyatiga oid tegişli idoralar bilan hamkorlik qilişda davom etadi. Şu bilan birga, «Koreya tajribasi» loyihasi orqali Koreyada katta muvaffaqiyatga erişib kelayotgan ibratli yoşlarimiz bilan taniştirib boradi.
Jan Jye Xak, Inçon şahri hokimiyatining xalqaro aloqalar bölimi elçisi:

– «Men Inçon şahrining xalqaro aloqalar bölimi boşliği Jan Jye Xak bölaman. WAYU, ya'ni Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasining vakolatxonasi oçilgani bilan tabriklayman. Hammamizga ma'lumki, davlatlarimiz uzoq yillardan beri hamkorlik qilib keladi va Özbekiston Respublikasida köp sonli etnik koreyslar yaşab kelayotgani ham buning asosiy dalillaridan biri hisoblanadi. Umid qilamanki, kelgusida uşbu uyuşma ikki davlat örtasida yoşlarni birlaştiruvçi kuç bölib, yanada yuqori marralarga erişadi».
Şahzod Turğunboyev, Xanguk Çet tillari universitetining bitiruvçisi, WAYU’ning Koreyadagi vakili:

– «Bugun assotsiatsiyamiz rasmiy NNT sifatida rasman oçilmoqda va men bundan juda ham mamnunman. Vakolatxonamizda asosan Koreyadagi yoşlar bilan yelkama-yelka işlaş, akademik va ijtimoiy tomondan qöllab-quvvatlaşga harakat qilamiz. Maqsadimiz – Özbekiston uçun barça jabhalarda yetuk kadrlarni tayyorlaşda öz hissamizni qöşişdir».









