Vazirlar Mahkamasi “Maktabdan taşqari ta'lim tizimini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Prezidentning "Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan taşqari ta'lim samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida" 2019 yil 30 sentyabrdagi PQ-4467-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

"Barkamol avlod" respublika bolalar maktabi va Respublika "Bolalar kutubxonasi"ning tuzilmasi;

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar "Barkamol avlod" bolalar maktablari va "Bolalar kutubxonalari"ning namunaviy tuzilmasi;

"Barkamol avlod" bolalar maktablari va "Bolalar kutubxonalari" töğrisidagi nizomlar.

Xalq ta'limi vazirligiga umumiy örta va maktabdan taşqari ta'lim muassasalari uçun respublikada işlab çiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xomaşyolar va jihozlar röyxatini tuziş topşirildi. Xomaşyolar va jihozlar öquvçilar tomonidan muhandislik, robototexnika va boşqa yönalişlar böyiça öquv maşğulotlarida foydalaniş uçun möljallangan.

XTV huzuridagi "Xalq ta'limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topşiriqlarni işlab çiqiş va quriliş obektlari sifatini monitoring qiliş böyiça injiniring kompaniyasi" DUK - quriliş-montaj işlari buyurtmaçisi etib belgilandi. Işlar jumlasiga "Barkamol avlod" bolalar maktablari, "Bolalar sayyohlik bazasi", "Bolalar kutubxona"lari bino va inşootlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş hamda jihozlaş işlarini amalga oşiriş kiradi.

XTV huzuridagi "Öquv ta'lim-ta'minot" DUK - jihozlarni xaridi buyurtmaçisi etib belgilandi. Bunda XTV tanlov (tender) savdolari asosida boş loyihaçi va pudratçi taşkilotlarni aniqlaşi zarur.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuçga kirdi.