Özbekiston Musulmonlari idorasi Yöl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş borasida öz fatvosini e’lon qildi. Unda ta’kidlanişiça, dunyodagi aksariyat fatvo uyuşmalari va islom ulamolari xulosasiga muvofiq, yöl harakati qoidalariga amal qiliş şar’an vojib amal hisoblanadi. Mazkur qoidalar Islom şariati ta’limotlariga mos keladi. Musulmonlar uşbu qoidalarga e’tiqodan va qunt bilan amal qilişlari lozim böladi. Ta’kidlanişiça, ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanişi oqibatida röy bergan baxsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovçi şar’iy jihatdan haddidan oşgan va öz joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.
Idoraning Fatvo hay’ati "Yöl harakati xavfsizligi qoidalari yaqin tarixda insonlar tomonidan öylab topilgani ma’lum. Unga rioya qilişga Islom dinining munosabati qanday", degan savolga javob berar ekan, quyidagilarni ma’lum qilgan.
«Bismillahir Rohmanir Rohim. Muborak dinimiz körsatmalari inson hayotining hamma jihatini öz içiga qamrab oladi va uning şaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotidagi örnini belgilab beradi. Islom şariati insonning hayoti va mol-mulkini muhofaza qiliş maqsadida odam bolasini aziz va mukarram deb e’lon qilgan. Alloh taolo Qur’oni karimda şunday deb marhamat qiladi:
“Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qöydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Özimiz yaratgan köp jonzotlardan afzal qilib qöydik” (Isro surasi 70-oyat).
Inson zotiga turli xil ulovlarning böysundirilişi, harakatlanişi uçun qulay imkoniyatlar qilingani, keyingi asrlarda yangi-yangi transport vositalarining kaşf etilişi – Alloh taolo tomonidan bandasiga ato etilgan uluğ ne’matlardir. Bu haqda Alloh taolo Öz kalomida şunday marhamat qiladi:
“Şuningdek, ular (mazkur hayvonlar) sizlar jonlaringizni qiynab yetadigan yurtlarga yuklaringizni kötarib borur. Albatta, Rabbingiz mehribon va rahmlidir. U yana minişingiz uçun va ziynat sifatida otlar, xaçirlar va eşaklarni (yaratdi). Yana, sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur” (Nahl surasi 7, 8-oyatlar).
Islom şariati yöl harakati qoidalariga – ijtimoiy qoidalar sifatida qaraydi va unga rioya qilişga buyuradi. Yöl harakati qoidalariga rioya etiş şariatning quyidagi uçta maqsadlariga yetişga xizmat qiladi:
- Hayotni saqlaş.
- Avlodni saqlaş.
- Mulkni saqlaş.
Transport vositasini boşqarişda musulmonlar rioya etişlari lozim bölgan köplab sunnatlar va odoblar mavjud.
Eng muhim vazifa – inson ulovda yurganida özi va özgalarni xatarga qöymasligi, piyodalar, yölovçilar va boşqa haydovçilar hayotiga xavf solmasligi kerak. Buning uçun esa yöl harakati iştirokçilarining barçasi yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişlari lozim böladi. Qoidani buziş – boşqa bir yöl harakati iştirokçisi haqqini poymol qiliş va unga zulm qiliş hisoblanadi.
Islomning asos qoidalaridan biri hisoblangan hadisi şarifda Payğambarimiz alayhissalom şunday deganlar:
“(Islomda) Zarar köriş ham zarar beriş ham yöq” (Imom Bayhaqiy, 133-hadis).
Uşbu şar’iy qoidaga köra, haydovçi özgalarning joni, moliga yetkazgan zarari uçun javobgar böladi. Faqat haydovçiga boğliq bölmagan, uning aybi yöq holatlar – bundan mustasno hisoblanadi.
Islom Fiqhi Akademiyasi va Saudiya Arabistoni podşohligining ilmiy bahslar va fatvo beriş böyiça doimiy qömitasi kabi fatvo idoralari hamda jumhur ulamolar yöl harakati qoidalariga amal qiliş – vojib ekani haqida xulosa berganlar. Demak, yuqoridagi sabablarga binoan yöl qoidalariga amal qilişning lozimligi hamda uni buzganlarga moliyaviy jazolar qöllaş joizligi kelib çiqadi.
Har bir musulmon haydovçi özining beparvoligi, mas’uliyatsizligi, avtotransportga xizmat körsatiş va yöl harakati tartib-qoidalariga rioya etmasligi oqibatida baxsiz hodisa röy bersa, amaldagi qonunlar asosida javob berişi, şariat nuqtai-nazaridan esa gunohkor bölişi va Qiyomat kunida Alloh taoloning huzurida ham javob berişini unutmasligi lozim. Zero, Qur’oni Karimda:
“Sizga qanday yaxşilik yetsa, u Allohdandir. Sizga qanday noxuşlik yetsa, u özingizdandir....”, – deyilgan (Niso surasi 79-oyat).
Ta’kidlaş joizki, ayrim mutaassib şaxslar: “Yöl harakati qoidalari Qur’oni karimda ham, sunnatda ham vorid bölmagan, u islom şariatidan taşqaridagi narsa, demak, unga amal qilmasa ham bölaveradi” degan öta xatarli “fatvo”larni bermoqdalar.
Ba’zi musulmonlarning bu kabi nayranglarga uçişi oqibatida bugungi kunda yöldagi tartibsizliklar, dilxiraliklar va yöl-transport hodisalari röy bermoqda. Aslida esa yölda harakatlanişda qoidalarga rioya etiş, odob va madaniyat borasida musulmonlar peşqadam bölişlari lozim.
Yöllardagi baxsiz hodisalarning aksariyati tezlikni oşiriş va qarama-qarşi yölga çiqiş oqibatida sodir bölmoqda. Buning sababi, birinçi navbatda şoşqaloqlikdir. Payğambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam har bir işda sahobalarni şoşqaloqlikdan qaytarib kelganlar va hadisi şariflaridan birida:
“Bosiqlik – Allohdan, şoşqaloqlik – şaytondandir”, – deganlar (Imom Bayhaqiy, 20280-hadis).
Şuningdek, yölning qatnov qismida töxtab yölovçi oliş, harakatni tösib gaplaşib turiş yoki transport vositasini yölning örtasida qoldirib ketiş ham şariat man etgan amallardan hisoblanadi.
Sahl ibn Muoz öz otasidan rivoyat qilgan hadisi şarifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
“Bu jonivorlarni yaroqli holida mininglar va yaroqli holida tark etinglar. Ularni yöl va bozorlarda gaplaşiş uçun kursilar qilib olmanglar”, – deganlar (Imom Hokim, 444-hadis).
Abu Sirmadan rivoyat qilingan hadisi şarifda Nabiy sallallohu alayhi vasallam:
“Kim zarar yetkazsa, Alloh unga zarar yetkazadi. Kim maşaqqat tuğdirsa, Alloh uni maşaqqatga qöyadi”, – deganlar (Imom Abu Dovud, 3635-hadis).
Insonning hayoti va soğliği Alloh taolo tomonidan vaqtinça berilgan. Öz soğliğiga zarar yetkazgan odam uşbu qilmişi uçun Yaratgan oldida javob beradi. Haydovçi va piyodalar transport yöllarida yöl harakati qoidalariga amal qilmasligi, avvalo öz hayotlarini, qolaversa boşqa insonlarni ham xavf ostiga qöyadi. Alloh taolo Qur’oni karimda insonlarni öz jonlarini tahlikaga solişdan qaytargan:
“Özingizni halokatga taşlamang” (Baqara surasi 195-oyat).
Tezlikni çeklaşda, asosan, haydovçi va yölovçilarning hayotini saqlaş nazarda tutiladi. Haydovçining bu çeklovni buzişi özining va boşqalarning hayotini xatarga qöyiş böladi.
Şu bois qator fatvo markazlari va ulamolar, jumladan, Saudiya Arabistoni muftiyati ruxsat etilgan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlaniş oqibatida röy bergan baxsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovçi öz joniga qasd qilgan böladi, deb fatvo bergan.
Ta’kidlaş joizki, aksariyat yöl-transport hodisalari mast holda transport vositasini boşqariş sababli yuz beradi. Mast holda rulga ötiriş amaldagi qonunlarni qöpol ravişda buziş, Islomda esa oğir gunoh hisoblanadi. Asl qoida – transport vositasi haydovçisi harakat davomida maşinasi bilan sodir qiladigan har bir hodisaga mas’uldir. Haydovçi maşinaning oldi, orqasi va yon tomonlari bilan yetkazgan zararga zomin (javobgar) böladi.
Haydovçi yöl harakati qoidalarini buziş bilan haddan oşib özgaga zarar yetkazsa, javobgar böladi. Çunki Islom şariatida haddan oşuvçi doimo javobgar hisoblanadi.
Haydovçi özining, yölovçilarning hamda boşqalarning xavfsizligiga va salomatligiga ham mas’ul hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan uning yöl harakati xavfsizligiga rioya qilişi Islom şariatida vojib hisoblanadi.
Şunga köra, yöl harakati qoidalariga amal qilmaydigan kişiga transport vositasini boşqariş şar’an joiz emas. Çunki u mazkur qoidalarni buziş orqali birovlarning haqlarini poymol qiladi, özining ham, boşqaning ham hayotini xavf ostiga qöyadi hamda omma - xalq manfaatlarini közlab joriy qilingan nizomga qarşi çiqqan böladi. Bu esa – Islom şariatiga mutlaqo ziddir.
Imom Muslim Abu Bakra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi şarifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
“Musulmon agar bir musulmon birodariga qurol öqtalsa, to uni tuşirmagunça fariştalar unga la’nat aytadi”, – deganlar (Imom Muslim, 2616-hadis).
Zamonamiz ulamolari temir transport vositasini belgilangan qoidalarga xilof ravişda haydab kişilarning hayotiga tahdid solayotgan haydovçi ham uşbu hadisi şarifga muvofiq fariştalar la’natiga duçor böladi, deydilar.
Ayrim holatlarda zaruratsiz signal çaliş, ovoz çiqaradigan vositalarni baland qöyiş bilan özgalarga ozor beriş hamda qoronği vaqtda közni qamaştiradigan taqiqlangan yoritgiçlarni yoqib yuriş holatlari kuzatiladi.
“Qöli va tili bilan özgalarga ozor bermagan kişi – (komil) musulmondir” deyilgan (Imom Buxoriy, 6484-hadis) hadisga köra, bunday harakatlar dinimizda qaytarilgan amal hisoblanadi.
Transport vositasini yöl yurişga töliq javob beradigan darajada yaroqli bölişi ham dinimiz talablaridan sanaladi. Şu bois haydovçi transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va töliq jihozlanganligini tekşirişi va yölga töla-tökis tayyorlaşi kerak.
Fiqhiy qoidaga köra, “Vojibni mukammal qiladigan iş ham – vojibdir”.
Demak, transport vositasini haydaş joiz bölişi uçun uşbu texnika yölga töla yaroqli bölişi lozim. Transport vositalarining texnik holati va jihozlari me’yoriy talablarga töla muvofiq bölişi kerak. Aks holda – transport vositasini haydaş şar’an mumkin bölmaydi.
Şu jumladan, foydani közlab yuk taşişga möljallangan transport vositasini belgilangan vazndan ortiq yuklaş ham yöl harakati xavfsizligiga, demak, insonlarning hayotiga tahdid solişi sababli şar’an joiz emas.
Islomda naqliyot vositalariga alohida e’tibor beriladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam öşa vaqtda miniladigan barça ulovlardan yaroqli holda foydalanişga, yaxşi parvariş qilişga buyurganlar. Transport vositasi yölga yaroqli bölişi lozim bölganidek, uni haydovçi şaxs ham uni haydaşga layoqatli bölişi şar’an vojib. Ya’ni, haydovçi özi minmoqçi bölgan transport vositasini haydaşga ayni vaqtda aqlan va jismonan layoqatli bölişi hamda kerakli bilim va tajribaga ega bölişi lozim. Aks holda, u özining ham, boşqalarning ham hayotini xavf ostiga qöyişi muqarrar. Bu esa şar’an harom hisoblanadi.
Şuning uçun, haydovçi şaxsning transport vositasini bezarar, öziga ham, boşqalarga zarar keltirmay boşqarişiga töla işonçi bölmasa, ayniqsa, mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi çarçoqlik va betoblik holatida transport vositasini boşqariş şar’an joiz emas.
Soha mutaxassislarining ta’kidlaşiça, baxsiz hodisalarda eng köp aybdorlar yoş haydovçilardir. Ularning uquvsizligi va tajribasizligi borasidagi Alloh taoloning huzuridagi mas’uliyat – haydovçilarning öqitiş tizimidagi mas’ullarning zimmasidadir. Ular haydovçilarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça zimmalaridagi vazifalarini vijdonan bajarişlari, yetarli bilim va malakaga ega bölmagan öquvçilarga haydovçilik guvohnomasini bermasliklari lozim. Aks holda malakasiz haydovçining sodir etayotgan yölbuzarliklariga bu dunyoda ham, Qiyomatda ham tegişli tarzda javobgar böladilar.
Hadisda ta’kidlanganidek: “Barçangiz qöl ostingizdagilarga mas’ulsizlar” (Imom Buxoriy, 2409-hadis).
Şuningdek, piyodalar ham yöl harakatida öz hayotlarini xatarga qöymasliklari talab etiladi.
Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yölkasidan, faqat ular bölmagandagina ehtiyotlik bilan yöl yoqasidan yurişlari, yölning qatnov qismini piyodalar ötiş joylaridan, şuningdek yer osti va yer usti ötiş joylaridan, ular bölmaganda esa çorrahalarda trotuar çiziqlari yoki yöl yoqasi böylab kesib ötişlari kerak.
Uşbu qoidalarni buziş insonning bila turib öz hayotini xatarga qöyişi hisoblanib, bunday iş qilgan musulmon şariat nuqtai nazaridan gunohkor böladi.
Yöl odoblaridan muhimlari – özaro iltifot körsatiş va hurmat bilan munosabatda böliş hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda:
“Kimki (bir) hasana (savobli iş) qilsa, unga ön barobar (köpaytirib yozilur)...” deb ta’kidlagan (An’om surasi 160-oyat).
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib çiqib, quyidagilarni xulosa qiliş mumkin:
- dunyodagi aksariyat fatvo uyuşmalari va islom ulamolari xulosasiga muvofiq, yöl harakati qoidalariga amal qiliş şar’an vojib amal hisoblanadi. Zero, mazkur qoidalar şariatimiz ta’limotlariga töğri keladi. Musulmonlar uşbu qoidalarga e’tiqodan va qunt bilan amal qilişlari kerak;
- ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanişi oqibatida röy bergan baxsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovçi şar’iy jihatdan haddidan oşgan va öz joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.
- yöl harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bölmagan şaxslarning transport vositasini boşqarişi joiz emas;
- yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boşqariş şar’an joiz emas;
- transport vositasi yölga yaroqli bölmagan holatda undan foydalaniş şar’an man etiladi;
- yöl jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yöl harakati iştirokçilari özaro odob va madaniyat bilan munosabatda bölişlari, boşqalarga xalaqit berişdan, qöpol söz va xatti-harakatlardan saqlanişlari lozim.
Musulmon kişini yöl harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilişi kuzatuv kameralari yoki yöl harakati havfsizligi bölinmalari xodimlari nazorat qilayotgani uçun emas, balki amaldagi yöl harakati qonun-qoidalariga amal qiliş – Islom şariatining talabi deb e’tiqod qilgan holda bajarişi kerak. Şunda yölda yuriş ham ibodatga aylanadi. Vallohu a’lam».











