Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida Tojikiston fuqarolarini Özbekiston harbiy öquv yurtlariga qabul qiliş töğrisida kelişuvga erişildi.

Bölajak tojik zobitlari Özbekiston harbiy öquv yurtlariga öqişga kiriş huquqini bu yil qölga kiritişdi, deb xabar berdi «Aziya-Plyus» Tojikiston Mudofaa vazirligidagi manbaga tayangan holda. 

Bugungi kunga kelib, tomonlar Özbekiston har yili tojikistonlik fuqarolarning harbiy oliy öquv yurtlarida tahsil olişi uçun qança kvota ajratişi va bölajak tojik zobitlari qaysi mutaxassisliklar böyiça öqitilişi töğrisida kelişib olmoqda.

Tojikiston Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, har yili 400 nafar tojikistonlik yoş harbiy universitetlarga öqişga kiradi. Uşbu raqamdan har yili mamlakat qurolli kuçlarining 250 nafar bölajak ofitseri Tojikiston Mudofaa vazirligi Harbiy institutiga öqişga qabul qilinadi. Qolgan 150 nafari hukumatlararo kelişuvlarga binoan har yili Rossiya, Hindiston, Qozoğiston, Ozarboyjon va Özbekiston harbiy universitetlarida öqişni boşlaydi.

Manbaga köra, prezident Imomali Rahmonning körsatmasiga binoan har yili milliy armiyaning 80 nafarga yaqin bölajak ofitseri harbiy OTMga tibbiy körik va suhbatdan ötgandan keyingina imtihonsiz qabul qilinadi. Bunday imtiyoz Tojikiston prezidenti nomidan faqat yetim va kam ta'minlangan oilalar bolalariga beriladi.