Ma'lum qilinişiça, bu Zelenskiy Ukrainaning «Naftogaz» davlat kompaniyasi rahbariyatini özgartirişga qaror qilgani bilan boğlangan. Vaşingtonning ta'kidlaşiça, Zelenskiy bu bilan korrupsiyaga qarşi kuraşişdan boş tortgan.   

Bu orada Ukraina prezidenti ofisi vakili Mixail Podolyakning ma'lum qilişiça, AQŞ va Ukraina rahbarlari 7 iyunda telefon orqali suhbatlaşadi. Uning aytişiça, tomonlar Rossiya va Ukraina munosabatlariga taalluqli masalalarni muhokama qiladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Axios jurnalisti bilan suhbatda Bayden va Putin muzokaralari oldidan Oq uy rahbari bilan «dunyoning istalgan nuqtasida» uçraşişga tayyorligini bildirgan. Zelenskiy Bayden Jyenevadagi uçraşuv oldidan u bilan maslahatlaşmasdan xato qilayotganini aytgan. Ukraina yetakçisi, şuningdek, AQŞ hukumatining «Şimoliy oqim-2» gaz quvuriga qarşi sanksiyalarni kiritmaslik qaroridan taajjublangani, bu haqda Vaşington vakillaridan emas, balki OAVdan xabar topganini aytgan.

Rossiya va AQŞ prezidentlari örtasidagi uçraşuv 16 iyunda Şveytsariyaning Jyeneva şahrida bölib ötadi.