«UzAuto Motors’ni olaylik. Uning yalpi içki mahsulotda 35 trillion sömlik uluşi bor. Gap hatto bunda ham emas. Biz u yerga şunça yildan beri sarmoya kiritganmiz. Avtomobil sotib oliş uçun mablağ yetişmasligidan xalq aziyat çekmoqda. Muammo maşinaning qimmatligida emas. Muammo şundaki, odamlar kam pul işlab topyapti. Xarid qiliş qobiliyati past. Hozir bojxona bojlarini bekor qilsak, Gentra segmentida 14 ming dollarlik avtomobil kirib keladi. Masalan, Gentra’ni 17 mingdan sotişyapti. Tan olaman, qimmat, men buni qöllab-quvvatlamayman. Biroq, oçib qöysak 14 ming dollarlik maşina kiradi. Ikkita savol. Sifati mayli. Men tan olaman - Volkswagen Gentra’dan yaxşiroq. 

Biroq, bojlarni olib taşlasak, maşinalar soni birdaniga ikki barobar köpayadi. Xöp, unda nima qiliş kerak böladi? Men bilaman, odamlar halol işlab topgan puliga yuqori sifatli maşina sotib olişga haqli. Bunga töliq qöşilaman va uni qöllab-quvvatlayman. Men UzAuto Motors qimmat maşinalarini bemalol sotişi tarafdori emasman. Bu yerda ular meni köp jihatdan tuşunmaydi. Men Özbekistonda raqobatbardoş va normal avtomobilsozlik sanoatiga bosqiçma-bosqiç ötiş tarafdoriman.

Biroq, nega hozirgi paytda bojxona tölovlarini kamaytirmaslikni taklif qilyapman? Sababi, bu baribir sodir böladi, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga (JST) a'zo bölganida. Özbekiston JSTga a'zo bölganida, bu tabiiy ravişda röy beradi, bojxona tölovlari bizga boğliq bölmay qoladi. Ammo bizda önlab yillar davomida xalqning trillionlab sarmoyasini kiritgan işlab çiqaruvçimizni özgartiriş imkoniyati bölsa, buni şunçaki bolta bilan çopib, taşqi işlab çiqaruvçilarga öz bozorimizni oçib bera olmaymiz», dedi Alişer Qodirov.

U Yaponiya va Koreya tajribasi haqida gapirib, 1980-yillargaça taşqi işlab çiqaruvçilar uçun töliq yopiq mamlakat bölganini ma'lum qildi.

«Odamlar nima talab qilsa, şunday bölişi kerak. Ammo buni şunday mohirlik bilan qiliş kerakki, bunda iqtisodiyotni buziş emas, balki unga yordam beriş zarur. Biz iqtisodiyotni qurmoqdamiz, yalpi mahsulotning 35 trillion sömlik qismini saqlab qoliş yoki saqlab qolmaslikni muhokama qilyapmiz. Agar davlat hozirda avtomobilsozlik sanoatini qöllab-quvvatlamasa, u qulab tuşadi. Va biz JSTga a'zo bölamiz, ammo bizda öz avtomobilsozlik sanoatimiz bölmaydi. Hozir qimmat va sifatsiz avtomobilni sotib oliş orqali sohani qöllab-quvvatlayapmiz, buni şunday qabul qiliş kerak», dedi u.