Önlab yillar davomida Özbekiston avtomobil bozori sokin va «yopiq makon»ni eslatardi. Ammo, oxirgi vaqtlarda vaziyat qisman bölsada ijobiy tomonga özgardi. Avtosalonlardagi uzundan-uzoq navbatlar va tanlovsizlik örniga xaridorlar futuristik dizayndagi elektromobillar, gibridlar va xorijdan import qilib olib kelinayotgan krossoverlarni sotib olişni afzal körişyapti.

«Özavtosanoat» taqdim qilgan ma’lumotlarga köra, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatdagi rasmiy dilerlar tomonidan 57 ming 512 dona avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 14,1 foiz yoki 7 ming 139 donaga köp. Eng katta ösiş elektromobillar segmentiga tegişli modellar bilan yuz beryapti.

Joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida UzAuto Motors tomonidan taqdim etilgan 10 ta modeldan törttasining sotuvi oşgan, oltitasiga talab sezilarli darajada qisqargan. Xususan, Tracker, Onix, Labo va Tahoe sotuvida ösiş kuzatilgan bölsa, qimmat segmentdagi maşinalar: Malibu, Captiva, Equinox, Traverse’ga talab tuşib ketgan. Şuningdek, milliy kompaniya tomonidan eng köp sotiladigan modellar – Cobalt va Damas sotuvi ham qisqargan. Umuman olganda, hisobot davrida UzAuto Motors ʼning bozordagi uluşi ötgan yilning mos davriga nisbatan 82,4 foizdan 79,3 foizgaça qisqargan.

Chevrolet brendiga tegişli bölmagan va eng köp sotilgan avtomobil –. Kia Sonet . Öz navbatida, Kiaʼning qimmat modellariga talab sezilarli darajada pasaygani qayd etilgan.

2026 yilning ikki oyida UzAuto Motors tomonidan işlab çiqarilmagan eng köp sotilgan modellar

Kia, Cherry va Haval avtomobillarini yetkazib beruvçi ADM Jizzakhʼning Özbekiston bozoridagi uluşi 11,4 foizdan 12,5 foizga, umumiy sotuvlar hajmi esa 5 ming 762 donadan 7 ming 202 donagaça köpaygan. BYD ham bozordagi uluşini 5,7 foizdan 8 foizgaça, sotuvlar hajmini 2 ming 862 donadan 4 ming 621 donagaça oşirgan.