Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Nikol Pashinyan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga asirlikdagi barça armanlar evaziga öğli Aşotni olişni taklif qildi. Bu haqda «Sputnik Armaniston» yozmoqda.

Avvalroq Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan Paşinyanga öğlini Ozarboyjonga topşirib, u yerdagi asirlarni qaytarişni taklif qilgandi.

«Aliyevga rasman aytaman — barça asirlar evaziga öğlimni taklif qilaman. Rasman aytyapman. Serjik va Robik (Robert Koçaryan, Armanistonning 2-prezidenti – tahr.), odam oldi-sotdisi böyiça mutaxassislar sifatida bu vazifani sizlarga topşiraman», — dedi Pashinyan.

Pashinyan, şuningdek, Sargsyanni qöşmaçi deb atadi. Uning sözlariga köra, yuqoridagi siyosatçilar «odam oldi-sotdisida bir neça ming dollar işlab olişlari mumkin».

Toğli Qoraboğdagi vaziyat 2020 yil 27 sentyabrda keskinlaşgandi.

9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv imzoladi.