8 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 2021 yil uçun Davlat budjeti töğrisidagi qonunga özgartiş kiritiş haqidagi qonun loyihasi körib çiqildi va qabul qilindi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, hujjatda 2021-2022 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasalariga davlat grantida qabul körsatkiçlari 25 foizga oşirilişi, ehtiyojmand oilalar qizlariga ajratiladigan grantlar 2 barobarga köpaytirilib, ular soni 2 mingga yetkazilişi belgilanmoqda.

Şuningdek, qonun loyihasida olis hududlarda birlamçi va ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş, ehtiyojmand aholi uçun skrining va davolaş tadbirlariga xususiy şifoxonalar jalb qiliş, ularga subsidiya ajratişni yölga qöyiş közda tutilmoqda. Budjetdan qöşimça mablağlar ajratilib, endokrin kasalliklarni erta aniqlaş va davolaş maqsadida muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş belgilanmoqda.

Manbaga köra, budjetga kiritilayotgan özgarişlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş, yoşlar va xotin-qizlar taşabbuslarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, içki yöllar va içimlik suvi ta'minotini yaxşilaşga xizmat qiladi.