Göşt işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi JBS USA kompaniyasi hakerlarga 11 mln dollar tölaganini ma'lum qildi.
"JBS USA 11 mln dollar tölaganini tasdiqlaydi. Bu kompaniyamiz uçun juda oğir qaror böldi. Ammo mijozlarimiz uçun ehtimoliy xatarlarning oldini oliş uçun uşbu qaror qabul qilindi", – deyiladi kompaniya saytida.
JBS USA kompaniyasi – dunyodagi eng yirik göşt işlab çiqaruvçi Braziliyaning JBS S.A kompaniyasi filiali. Kompaniya 30 may kuni kiberhujumga uçradi. Natijada kompaniyaning Şimoliy Amerika va Avstraliyadagi bölinmalari axborot tizimida jiddiy uzilişlar paydo böldi.
FQB uşbu hujumlarni REvil va Sodinokibi guruhlari amalga oşirgan degan xulosaga keldi. Taxminlarga köra, bu Rossiyadagi hakerlar guruhining turliça nomlari hisoblanadi.












