DW xabariga köra, raqamli tovlamaçilik bilan şuğullanuvçi ShinyHunters guruhi 22-sentabr kuni darknetdagi saytida va Reuters bilan onlayn muloqotda FTBga kiberhujum uyuştirganini daʼvo qilgan.
Guruh buni FTBning 2026-yil may oyida eʼlon qilgan ogohlantirişiga javob deb atagan. Öşa xabarda hakerlarning işlaş usullari batafsil bayon qilinib, tovlamaçilarga pul tölamaslik tavsiya etilgan edi.
ShinyHunters öz bayonotida «deyarli barça FTB agentlari va byuroga işga kiriş uçun ariza bergan şaxslar» haqidagi maʼlumotlarni qölga kiritganini aytgan. Biroq bu daʼvoning kölami tasdiqlanmagan.
Işga qabul saytida uzilişlar kuzatilgan
Xakerlar dalil sifatida FTBning işga qabul qilişga möljallangan FBIjobs.gov sayti özgartirilganini körsatuvçi skrinşotni taqdim etgan. Şuningdek, ular qariyb 5 ming agentga oid maʼlumotni öğirlangan bazaning bir qismi sifatida körsatgan.
Reuters skrinşotning haqiqiyligini tekşira olmagan. Ammo agentlik sayt faoliyatida yaqinda uzilişlar bölganini qayd etgan.
FTBning 22-sentabrdagi xabarida FBIjobs.gov va maxsus agentlikka nomzodlar uçun möljallangan Special Agent Applicant Portal vaqtinça işlamayotgani bildirilgan.
ShinyHunters taqdim etgan namunada FTB agentlarining ismlari, uy manzillari, ijtimoiy suğurta raqamlari, lavozimlari va ayrim hollarda oila aʼzolarining ismlari bölgani aytilmoqda.
Reuters maʼlumotlarning bir qismini tekşirgan
Reuters jurnalistlari taqdim etilgan maʼlumotlarni kredit byurolaridagi axborot va darknet maʼlumotlarini tahlil qiluvçi District 4 Labs kompaniyasida saqlanayotgan avvalgi sizib çiqişlarga oid maʼlumotlar bilan soliştirgan.
Kamida 10 ta holatda, jumladan, FTB direktori Keş Patelga oid maʼlumotlarda mosliklar aniqlangan. Vaziyatdan xabardor manba agentlikka ayrim şaxslarning lavozimlari haqidagi maʼlumotlar ham töğri ekanini bildirgan.
Biroq Reuters uşbu maʼlumotlar qayerdan olinganini va ular hakerlar aytganidek, FTBning içki tizimlaridan öğirlanganini aniqlay olmagan. Namunada maʼlumotlari keltirilgan şaxslar bilan boğlanişga urinişlar ham natija bermagan.












