Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy taşrifi davomida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik töğrisida 35ta hujjat imzolandi.
Aziya-Plyusning xabar berişiça, yuqori darajadagi muzokaralar yakuni böyiça quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida sanoat va yangi texnologiyalar sohasidagi hamkorlik töğrisidagi;
- Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi va Özbekiston “Complex Mining Solution” örtasidagi özaro anglaşuv memorandumi;
- Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida «Tojik-özbek investitsion kompaniyasini tuziş töğrisida»gi;
- 2018 yil 9 martdagi Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi kelişuvga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi protokol;
- Tojikiston va Özbekiston taşqi işlar vazirliklari örtasidagi 2021-2022 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
- Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida Zarafşon daryosi havzasida ikkita gidroelektr stansiya quriş va foydalanişning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaş, aksiyadorlik jamiyati tuziş töğrisidagi kelişuv;
- Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida Özbekiston hududi orqali tovarlarni tranzit qiliş töğrisidagi kelişuv;
- Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasida qişloq xöjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça 2021-2022 yillarga möljallangan yöl xaritasi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qöşma bayonot imzolagani haqida xabar berilgandi.











