Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, marhum aprel-may oylarida koronavirusga çalinib şifoxonada davolanib çiqqandi. Uning ölimiga uşbu kasallik asoratlari sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
Safar Ostonov 1948 yilda Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida tuğilgan, 1972 yilda Toşkent davlat universitetini jurnalistika yönalişida tamomlagan.
1990-yillarda «Sport» va «Özbekiston futboli» gazetalarida boş muharrir bölgan, keyinroq Özbekiston prezidenti apparatida maslahatçi sifatida işlagan.
1999 yilda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
U 2000-yillar boşlaridan beri «Özbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari boş muharriri sifatida işlab kelayotgan edi.
Safar Ostonov 2019 yil dekabrida bölib ötgan parlament saylovlarida 63-Kattaqörğon saylov okrugidan Xalq demokratik partiyasi nomidan Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi a'zosi edi.





