Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Döstlik mahallasida istiqomat qiluvçi oila endigina 15 yoşga qadam qöygan qizi mahalladoşlari tomonidan zörlangani haqida xabar berişdi.
Qiz oddiy işçilar oilasida katta bölgan. Otasi qurilişda işlaydi, onasi ta'lim muassasasida farroşlik qiladi.
Qizning buvisining sözlariga köra, 2020 yil sentabr oyida nabirasi mahalladoşi tomonidan zörlangan.
«2020 yil sentabr oyida Farhod (ism özgartirildi, gumondorning asl ismi-şarifi tahririyatga ma'lum) ismli kirakaş taksiçi maktabdan qaytayotgan nabiramni uyga taşlab qöyişini aytib, maşinasiga ötqazgan. Biroq, Farhod uni uyga emas, balki kimsasiz joyga, suv idorasining binosiga olib borgan. Şundan söng, kuç işlatib, qörqitib, qizning qöl oyoğini maşina tasmasi bilan boğlab, zörlab nomusiga tekkan. Bu voqeani heç kimga aytmaslikni talab qilib, agar aytsa öldirişi bilan tahdid qilgan. Afsuski, biz bu voqeadan bexabar qoldik. Nabiram qattiq qörquv va andişa tufayli bu voqeani heç kimga aytmagan. 2021 yil yanvar oyida esa bu voqea yana takrorlandi», deydi qizning buvisi.
Onasining sözlariga köra, 2021 yil yanvar oyidagi voqealardan söng hammasi oşkor bölgan.
«2021 yil 13 yanvar kuni qizim maktabga ketib, qaytib kelmadi. Qarindoş-uruğlar, qöni-qöşnilar orasidan izladik. Samara bermagaç, Yangibozor tumani IIBga murojaat qildik. 14 yanvar kuni tongda qizim topildi. Şunda ma'lum bölişiça, kirakaş-taksiçi Farhod qizimni yölda maşinasiga majburlab ötqazgan. Şundan söng, Madaniyat qişloğidagi bir uyga olib borgan. U yerda ikki hamtovoği Erkin va Yorqin (ismlar özgartirildi, gumondorlarning asl ismi-şarifi tahririyatga ma'lum) ham bölgan. Ular qizimga majburlab aroq içirişgan, söngra yalanğoçlab, örtaga olib, tahqirlaşgan. Kamida ikki nafari uni zörlagan», deydi ona.
Holat yuzasidan Urganç şahri IIB suriştiruv ötkazib, ekspertiza tayinlagan. Ammo voqealarning keyingi rivoji oilada xavotir uyğotmoqda.
«Urganç şahar IIB arizamizni qabul qilib, suriştiruv ötkazdi, ekspertiza tayinladi. Söngra iş materiallarini Yangibozor tumani IIBga yubordi. Işni tergovçi Bobur Yuldaşev olib boradigan böldi.
Ammo Urganç şahridagi ekspertiza qizimni bokira ekani haqida, unda heç qanday tan jarohati yöqligi haqida xulosa berdi. Vaholanki, uning tanasida kökargan joylari ham bor edi. Biz ekspertizadan fotosuratlarni taqdim qiling desak, «suratlar telefon xotirasidan öçib ketdi», degan javobni oldik. Şundan söng, Buxoro şahrida ekspertiza tayinlandi. Uning xulosasida qizimning bokira emasligi aniqlandi. Ammo vaqt ötib ketgani tufayli, kökargan joylarini aniqlaş imkoni bölmadi», dedi qizning otasi.









