Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yuziga tarsaki tuşirgan Damiyen Tarel tört oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.
Sud qaroriga köra, Tarel şuningdek, şartli ravişda 14 oyga ozodlikdan mahrum etiladi.
Bundan taşqari, u ikki yil sinov muddatida böladi. Tarelga şuningdek, beş yil davomida qurolga egalik qiliş taqiqlanadi.
Eslatib ötamiz, Tarel Drom departamentida aholi bilan muloqot vaqtida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yuziga tarsaki tuşirgandi.












