Özbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanovning ma'lum qilişiça, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy işini apellyatsiya instansiyasida köriş advokatning şikoyatiga asosan Samarqand viloyati sudiga ötkazilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz’ga blogerga nisbatan jinoyat işi apellyatsiyasi Samarqand viloyat sudida körib çiqilişi rejalaştirilayotganini tasdiqladi. Işni körib çiqiş sanasi va vaqti hali belgilanmagan.
Eslatib ötamiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdorlarining faoliyatini tanqid qilib kelgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy joriy yil 10 may kuni tuhmat va tovlamaçilikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
«Sattoriy işi» özbek jamoatçiligi va jahon hamjamiyatida, xususan, huquq faollari tomonidan qizğin muhokama qilingandi.







