Huquq faoli qamoqxonada Otabek Sattoriy va Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev bilan uchrashganini ma’lum qildi
6,5 va 7,5 yilga qamalgan blogerlar Otabek Sattoriy va Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev Navoiy viloyatidagi koloniyalarda jazo o‘tamoqda. Ular O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi o‘rinbosari Bekzod Nurmatov bilan uchrashuvda o‘zlarini nohaq qamalgan deb hisoblashlarini aytgan.

Bekzod Nurmatovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi Milliy preventiv mexanizmlar bo‘yicha ishchi guruhi Navoiy viloyatida jazoni ijro etish muassasalaridagi sharoitlar bilan tanishgan.
Ishchi guruh tarkibida Ombudsman vakillari, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati hamda “Huquqiy tayanch” jamoat birlashmasi vakillari bo‘lgan.
“Navoiy shahridagi 4-sonli umumiy tartibli koloniya 1800 nafar mahkum uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda bloger Otabek Sattoriy jazo muddatini o‘tamoqda. U qurilish mollariga naqsh bosuvchi sexda operator bo‘lib ishlayotgan ekan. U biz bilan uchrashuvda o‘zining nohaq qamalgani, sudlarning adolatsizligini aytib o‘tdi, oilada yolg‘iz boquvchi ekanini, ozodlikka chiqish uchun kurashayotgani va faqat prezident Mirziyoyevga ishonishini ta’kidladi.
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan koloniyada bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev bilan uchrashdik. Fozilxo‘ja biz bilan suhbatda qamoqxona sharoitidan shikoyati yo‘qligi, plastik sexida usta bo‘lib ishlayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, sud hukmidan norozi ekanini bildirdi. “Qamalmasligim kerak edi”, deb aytdi u bizga”, deydi Bekzod Nurmatov.

Zarafshondagi koloniyada jazo o‘tayotgan 684 nafar mahkumdan 27 nafari, Qiziltepadagi koloniyada saqlanayotgan 1123 nafar mahbusdan 62 nafari diniy-ekstremistik ayblovlar bilan qamalgan. Qiziltepadagi qamoqxonada, shuningdek, Ahmadboy nomi bilan tanilgan moliyaviy piramida asoschisi, 2020 yilda 9 yilga hukm qilingan Ahmadjon Tursunboyev ham jazo muddatini o‘tayapti.
“Ezgulik” jamiyati raisi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Navoiy shahridagi 12-sonli qattiq tartibli koloniyada saqlanayotgan bloger Akmal Sharopov oilasi bilan uzoq muddatli uchrashuvda ekani sababli u bilan uchrashishning imkoni bo‘lmagan.
Bekzod Nurmatovning so‘zlariga ko‘ra, mahkumlardan qiynoq va noinsoniy muomala bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan.
- Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy 2021 yil 10 may kuni tuhmat va tovlamachilikda ayblanib, 6 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. Keyinchalik viloyat sudi va Oliy sud apellyatsiyani ko‘rib chiqib, jazo muddatini o‘zgarishsiz qoldirdi.
- Toshkentda yashagan bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev esa jamoat tartibini buzganlikda ayblanib 15 sutka ma’muriy qamoqqa olingan, shundan keyin IIBB uning Facebook'dagi profilida “diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi” materiallar joylangan deb topgandi. Shunga asosan Orifxo‘jayev 2022 yil yanvarida 7 yil-u 6 oyga qamaldi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

12:58 / 11.12.2024
Fransiya adliya vaziri «Ezgulik» jamiyati rahbariga xalqaro mukofotni topshirdi

14:37 / 05.12.2024
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

17:01 / 05.02.2024
Bloger Otabek Sattoriy ozodlikka chiqarildi

14:07 / 24.01.2024