10 may kuni jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudida bloger Otabek Sattoriy ustidan sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar bermoqda.

Iş jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudi raisi T. Abdiraimov raisligida körib çiqildi.

Sud hukmiga köra, O.Sattoriy jabrlanuvçi N. Narbayevani haqorat qilganlik hamda T.Köçarov, A.Xudoyqulov va Z.Xursanovga tovlamaçilik qilganlik ayblovi yuzasidan oqlandi.

Sattoriy JKning 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari (oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab, ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda tuhmat qiliş) va 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda köp miqdordagi tovlamaçilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllab, 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61-moddasi (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari)ga asosan, tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli orqali uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Aşyoviy dalil deb topilgan 1 dona «Vivo-X50» rusumli uyali telefon apparati qonuniy egasi L. Törayevga, 1 dona «Redmi 5+» rusumli uyali telefon apparati va 1 dona «Zotac» rusumli kompyuter protsessori qonuniy egasi sudlanuvçi O. Sattoriyga qaytarilişi belgilandi.

«Termiz Eko Ekspress loyiha» MÇJ rahbari T. Şapulatov va O. Sattoriy örtasida tuzilib, notarusda tasdiqlangan, Termiz şahri «Ma'rifat» mahallasi Istiqlol köçasi 6-uyda joylaşgan 42- va 44-raqamli kvartiralar O. Sattoriyga sotilgani böyiça tuzilgan oldi-sotdi şartnomalari haqiqiy emas deb topildi.

Qayd etilişiça, T. Şapulatovdan sudlanuvçi O. Sattoriy foydasiga jami 234 835 000 söm undirilişi belgilangan.

Eslatib ötamiz, prokuror blogerga 5 ta iş böyiça ayblov qöyilganini bildirib, unga 11 yil qamoq jazosi söragandi