Vazirlar Mahkamasi 09.06.2021 yildagi “Ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari uçun utilizatsiya yiğimini undiriş, qaytariş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 358-son qarorni qabul qildi.

Vazirlar Mahkamasining "Ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari uçun utilizatsiya yiğimini joriy etiş töğrisida" 2020 yil 2 iyundagi 347-son qaroriga muvofiq utilizatsiya yiğimi stavkalari va utilizatsiya yiğimi tölanadigan ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining röyxati tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yiğimlarini yiğiş, hisoblaş, tölaş, undiriş, şuningdek, utilizatsiya yiğimining ortiqça tölangan yoki ortiqça undirilgan summalarini qaytariş va ularni hisobga oliş tartibi;
  • transport vositalarining çiqindilari bilan işlaş infratuzilmasini taşkil etiş xarajatlarini moliyalaştiriş, şuningdek, transport vositalari çiqindilarini yiğiş, taşiş, qayta işlaş, zararsizlantiriş, ulardan foydalaniş va utilizatsiya qiliş xarajatlarini qoplaş tartibi;
  • transport vositalarining utilizatsiyasi bilan şuğullanadigan taşkilotlar uçun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilaş;
  • transport vositalarining utilizatsiya qilinişi munosabati bilan ularni içki işlar organlarida tölovlar undirmay hisobdan çiqariş tartibi.

Utilizatsiya yiğimini tölaş töğrisidagi ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylaştiriş yöli bilan tölovçilarga yetkaziladi.

Transport vositalarini Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirişda utilizatsiya yiğimi transport vositalari uçun bojxona deklaratsiyasi qabul qilinişidan oldin yoki bir vaqtning özida tölanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuçga kirdi.