AQŞ prezidentini belgiyalik minglab qöriqçilar bilan bir qatorda AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA) va Federal qidiruv byurosi (FBI)ning maxsus tayyorgarlikdan ötgan 400 nafar xodimi himoya qiladi.
Baydenning ilk Yevropa safarida unga maxsus işlab çiqarilgan Cadillac One yoki boşqaça aytganda, «Maxluq» («The Beast») avtomobili hamrohlik qiladi.
Bryussel köçalaridagi transport oqimi 13 iyun–15 iyun kunlari orasida 10 tonnalik avtomobil uçun tartibga solindi. Baydenning har ikki zirhli ofis mashinaci juma kuni xususiy samolyot bilan Bryusselning Zaventem aeroportiga olib kelindi.
AQŞ prezidenti Bryusselda bir xil davlat raqamiga ega uşbu avtomobillarining biridan foydalanadi. Ikkinçisi hujum paytida e'tiborni çalğitiş uçun işlatiladi.
Prezident taşqari bilan maxsus mikrofon va karnay tizimi orqali aloqa qiladi
AQŞ prezidenti Bayden qaysi transport vositasida harakatlanayotganini biliş imkonsiz. Çunki bu ham prezidentni himoya qiliş uçun körilgan xavfsizlik çoralarining bir qismi.

Pölat, titanium, alyuminiy va keramika kabi materiallardan işlab çiqarilgan Cadillac One’ning oğirligi qariyb 10 tonnani taşkil etadi. Uning eşiklari Boeing 757 samolyotlarining eşiklari kabi oğir bölib, ular maşinalar uçun möljallangan eng qalin zirhga ega. Zirhning qalinligi 20 santimetrga teng.
Prezidentning xizmat maşinasi öq ötkazmaydi. 4 sm qalinlikdagi oynalarning umumiy vazni 3 tonna atrofida. Maşinaning faqat haydovçi tomondagi yon oynasi oçilişi mumkin.
Maşina sabotaj yoki yonğin xavfiga qarşi sekin tutaşgani uçun dizel yonilğisidan foydalanadi. Maşinada yonğin sodir bölgan taqdirda avtomatik öçiriş tizimi işga tuşadi.
Hujumlar yoki norozilik namoyişlari paytida atrofida tutun pardasini hosil qila oladigan uşbu maşina tungi köriş tizimiga ega mexanizm yordamida atrofdagi harakatni 24 soat davomida kuzatişi mumkin.
AQŞ prezidenti maxsus oyna yordamida taşqarini bemalol köra oladi, ammo taşqaridan uni heç kim köra olmaydi. Prezident oynasi oçilmaydigan «ötib bölmas» bölimda ötiradi va taşqari bilan maxsus mikrofon va karnay tizimi orqali aloqa qiladi.
Yagona salbiy tomoni – oğir va katta ekanligi
Bryusselda Bayden ötadigan trassalardagi kanalizatsiyalar qat'iy nazoratga olindi va ularning qopqoqlari töliq muhrlandi. Işni yanada puxta qiliş maqsadida avtomobilning ostki qismi turli portlovçi moddalarga çidamli, qalinligi 12 santimetr bölgan maxsus qotişma bilan qoplandi.
Cadillac One’da ehtimoliy hujum paytida işlatilişi mumkin har xil qurollar, gaz bombalari, közdan yoş oqizuvçi gaz va boşqalarni öz içiga olgan sumka mavjud.
Agar prezident öqqa tutilsa va u qon yöqotgudek bölsa, transport vositasida AQŞ rahbarining qon guruhiga mansub qon paketlari va şoşilinç tibbiy materiallar mavjud.
Şinalarga öq tegsa-da, maşina töliq tezlikda harakatlana oladi. Maxsus şamollatiş tizimi esa hatto ehtimoliy kimyoviy hujum paytida ham prezidentning soatlab omon qolişini ta'minlaydi.
Prezidentning rasmiy avtomobilini Markaziy razvedka boşqarmasi tomonidan maxsus öqitilgan yuqori darajadagi haydovçi boşqaradi. «Maxluq»ning birgina salbiy tomoni şundaki, u juda katta va oğir, şuning uçun u tezlikni pasaytiruvçi moslamalar örnatilgan yöllar va köçalarga kira olmaydi.
100 kilometrga 34 litr dizel yonilğisi sarflaydi
Xavfsizlik qoidalariga köra, prezident konvoyi heç qaçon töxtamasligi kerak. Şuning uçun Cadillac One rejalaştirilmagan va tezlikni pasaytiruvçi moslamalar örnatilgan yöllarga kirmaydi.
100 kilometrga 34 litr dizel yonilğisi yoqadigan uşbu transport vositasining narxi taxminan 13 million dollarni taşkil etadi. Aslida, AQŞ ma'murlari prezident idorasining maşinalari töğrisida iloji boriça kam ma'lumot sizdirişadi.
Biroq Belgiyaning Nieuwsblad gazetasiga köra, Cadillac One xalqning soliqlari hisobiga sotib olingani uçun uning narxi va xarajatlari AQŞ jamoatçiligidan sir tutilmaydi. Xalq öz soliqlari qayerga ketayotganini bilişga haqli ekanini ta'kidlovçi AQŞ ma'murlari maxsus dizaynga ega 10 tonnalik uşbu avtomobil soliqlarni qöşib hisoblaganda qariyb 13 million dollarga tuşganini e'lon qilişdi.
Bryusseldagi NATO sammiti paytida alyansga a'zo davlatlar rahbarlarini himoya qiliş uçun 2000 politsiyaçi, 300 mototsikl ekipaji va köp sonli maxfiy razvedka xizmati xodimlari xizmat qilişadi.












