Fiskal institut Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi «Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzurida Fiskal institutni taşkil etiş töğrisida»gi PQ-4879-son qaroriga muvofiq özini özi moliyalaştiriş şaklidagi davlat oliy ta'lim muassasasi sifatida taşkil etilgan.

Fiskal institut soliqlar va soliqqa tortiş sohasi uçun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça tayanç oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Şuningdek, institut moliyaviy nazorat, buxgalteriya hisobi va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, şuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlaş va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilişini ta'minlaydigan oliy ta'lim muassasasi hamdir.
Fiskal institutga talaballikka qabul hamda bakalavriat ta'lim yönalişida öquv jarayoni 2021/22 öquv yilidan boşlanadi.
Institut quyidagi yönalişlarda faoliyat olib boradi:
- soliqqa tortiş va moliyaviy nazorat sohalari uçun bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
- kadrlar tayyorlaş borasida xorijiy davlatlarning soliq organlari va öquv muassasalari bilan tajriba almaşişni kengaytiriş hamda qöşma ta'lim dasturlarini amalga oşiriş, öquv-ta'lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qiliş;
- budjet daromadlarini şakllantirişda davlat manfaatlarini hamda soliq tölovçilarning huquqlarini ta'minlay oladigan kadrlarni tarbiyalaş;
- soliq organlari uçun ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlaştirilgan tahlil uslublari bilan işlaş könikmasiga ega bölgan mutaxassislar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş;
- soliqqa tortiş hamda moliyaviy nazorat sohalarida amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boriş, innovatsion loyihalarni keng joriy etiş;
- malakali kadrlar tayyorlaşni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortiş, transfert narxlarni belgilaş, tavakkalçilikni tahlil qiliş, biznes-tahlil texnologiyalari va soliq ma'muriyatçiligida ilğor axborot texnologiyalarini qöllaş asosida taşkil etiş;
- öquv jarayonida öqitişning zamonaviy şakl va metodlari, şu jumladan pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofaviy ta'limni, öqitiş va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarni keng joriy etiş, talaba, tinglovçi va pedagog xodimlarning global axborot-huquqiy hamda ta'lim resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.
Institutga qabul parametrlari belgilangan ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklar böyiça bakalavr va magistrlarga bölgan ehtiyojni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qiliş asosida Davlat soliq qömitasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Institutga qabul belgilangan tartibda barça uçun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oşiriladi.
Institutga xorijiy fuqarolarni qabul qiliş suhbat asosida amalga oşiriladi.
Fiskal institut 2021/2022 öquv yilida ta'limning quyidagi bakalavriat yönalişlarida talabalikka qabul qiladi:
- Soliq va soliqqa tortiş;
- Buxgalteriya hisobi va audit;
- Raqamli iqtisodiyot.
Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat böyiça 4 yillik kunduzgi ta'lim dasturlari va magistratura böyiça 2 yillik kunduzgi ta'lim dasturlari asosidi kadrlar tayyorlanadi.
"Mazkur xalqaro qöşma ta'lim dasturini muvaffaqiyatli tugatganlar tegişli yönaliş va mutaxassislik böyiça 2 ta diplomga ega böladi (Double Degree)."
Ta'lim kunduzgi va sirtqi şakllarda, kredit-modul tizimi asosida taşkil etiladi va tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Öqiş muddatlari:
- kunduzgi ta'lim şakli uçun 4 yil;
- sirtqi ta'lim şakli uçun 5 yil.
Kiriş imtihonlari iqtisodiy ta'lim blokidagi fanlardan taşkil topadi.
Talabalar uçun quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:
- bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaşga alohida e'tibor qaratiladi;
- öquv jarayonida ta'limning masofaviy şakllari ham qöllaniladi;
- ikki yil davomida ingliz tili çuqurlaştirilgan holatda öqitiladi;
- talabalar turar joy bilan ta'minlanadi;
- Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikdagi ta'limning 3-4 bosqiçlari Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida amalga oşiriladi;
- dars maşğulotlariga vazirlik va idoralarning yetakçi amaliyotçi mutaxassislari jalb etiladi;
- öquv jarayonining yakuniy bosqiçi soliq organlari ma'muriy binolarida taşkil etiladi;
- ta'lim jarayoni Fiskal institutning eng zamonaviy kampuslarida taşkil etiladi.
Reklama huquqi asosida










