2021 yil may-iyun oylarida ötkazilgan davlat xaridlarida budjet buyurtmaçilari tomonidan qiymati 101,5 mlrd. sömlik 324 ta tanlovda «Davlat xaridlari töğrisida»gi va «Raqobat töğrisida»gi qonunlarning talablari buzilişiga yöl qöyilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan ötkazilgan masofaviy monitoring natijalarida aytilmoqda.
Davlat xaridlariga oid qonunçilik talablari buzilişi eng köp Andijonda 20,0 mlrd. sömlik (51 ta), Toşkent şahrida 19,5 mlrd. sömlik (51 ta) va Samarqand viloyatida 12,8 mlrd. sömlik (52 ta) qayd etilgan.
Keyingi örinlarda mos ravişda Jizzaxda 8,3 mlrd. sömlik (20 ta), Buxoroda 7,3 mlrd. sömlik (33 ta), Qaşqadaryoda 7,2 mlrd. sömlik (20 ta), Surxondaryoda 7,9 mlrd. sömlik (30 ta), Xorazmda 5,3 mlrd. sömlik (18 ta), Navoiyda 5,2 mlrd. sömlik (16 ta), Namanganda 2,6 mlrd. sömlik (11 ta), Farğonada 2,0 mlrd. sömlik (10 ta), Qoraqalpoğiston Respublikasida 3,4 mlrd. sömlik (11 ta) tanlovlar böyiça qonunçilik talablari buzilgan.
Şuningdek, davlat xaridlariga oid qonunçilik talablari buzilgan tanlovlardan 72 tasi (24,6 mlrd.) tuman (şahar) hokimliklari, 71 tasi (20,9 mlrd.) Xalq ta'limi vazirligi, 61 tasi (17,9 mlrd.) Soğliqni saqlaş vazirligi, 33 tasi (11,1 mlrd.) Maktabgaça ta'lim vazirligi, 24 tasi (7,9 mlrd.) Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, 9 tasi (3,6 mlrd.) Suv xöjaligi vazirligi va qolgan 54 tasi (15,5 mlrd.) boşqa vazirlik va idoralar hisobiga töğri keladi.
Aksilkorrupsiya agentligiga köra, monitoring yakunlari böyiça budjet buyurtmaçilari tomonidan e'lon qilingan uşbu 101,5 mlrd. sömlik 324 ta tanlovlarni bekor qiliş haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritilgan.











