Moskvadagi taksi agregatorlariga xorijiy «prava»ga ega haydovçilarni işga olmaslik talabi qöyildi. Bu haqda Moskva şahar transport boşqarmasi ma'lum qildi.

«Boşqarma taksi agregatorlaridan xorijiy haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan va haydovçilik tajribasi bölmaganlarni servisga ulaşni töxtatişni talab qildi», — deyiladi boşqarma xabarida.

Talabni buzgan haydovçilar jarimaga tortiladi, agregatorlarga esa tegişli ogohlantiriş yuboriladi. 

Ta'kidlanişiça, yil davomida yetarliça tajribaga ega bölmagan xorijlik haydovçilar taksi xizmati körsatiş böyiça ruxsat olgan 1,7 mingdan ortiq holat aniqlangan. Bu esa amaldagi qonunçilikka zid va yölovçilar hayoti uçun xavfli, deyiladi boşqarma xabarida.