Kun.uz muxbiri loyiha ustidagi ishlar qanday ketayotgani bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘ldi.
QES qurilishini to‘liq Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi moliyalashtirmoqda. Kompaniya vakili Muhammad Al-Muharramiy loyiha haqida so‘zlab berdi.
«100 MVt.lik PVP quyosh panellaridan tiklanayotgan loyihamiz Navoiy shahridan 35 km masofada, 268 gektar yer maydonida barpo etilmoqda. Qurilish ishlariga 500 dan ortiq mahalliy ishchilar jalb qilingan. Hozircha, bizga ajratilgan maydonning 10 foizidan ortiqroq qismiga panellarni o‘rnatish yakunlandi», – deydi loyiha rahbari.

Muharramiyning aytishicha, Masdar kompaniyasi fotoelektr stansiyasi qurilishida ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning eng samarali panellaridan foydalanmoqda. Single Access Tracking System deb ataluvchi texnologiya esa, quyoshning kunduzgi vaqtdagi harakatini ta'qib qilish imkonini beradi. Bunda fotoelektr panellar o‘rnatilgan moslamalar quyosh harakati bo‘ylab yarim aylana shaklida harakatlanadi.
«Quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushgach, 25 yil mobaynida kamida 20 nafar mahalliy aholi vakili doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Ular, asosan, panellarni tozalash va boshqa kundalik ishlarni bajaradi.
Loyiha 3 asosiy qismdan iborat bo‘ladi. Birinchisida panellar o‘rnatiladi. Yuqori kuchlanishli moslamalarni o‘zaro bog‘lovchi qurilmalar ikkinchi qismni tashkil etadi. Ishni nazorat qilish bo‘limi uchinchi qismga kiradi», – deya stansiya hududi taqsimotiga oydinlik kiritdi Muhammad Al-Muharramiy.
100 MVt elektr energiyasi o‘rtacha 31 ming oilaning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondira oladi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiya respublikaning barcha hududlarini o‘zaro bog‘lovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ulanadi.

Fotoelektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 260 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 79 mln metr3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz sayti 2021 yil aprel oyida O‘zbekistondagi birinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlanganiga doir










