Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining qarori bilan Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslar uçun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştiriş va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalari tasdiqlandi.

Hujjat «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştiriş va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunga, prezidentning 23.05.2018 yildagi PF-5446-son farmoniga hamda 3.07.2018 yildagi PQ-3832-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Içki nazoratning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qaratilgan pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni samarali aniqlaş va oldini oliş;
  • kripto-aktivlar sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bölmagan holda jalb etilişiga yöl qöymaslik;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştiriş va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilişini ta'minlaş.

Içki nazoratning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar ham kiritildi:

  • öz tavakkalçiliklarini aniqlaş, ularni baholaş, hujjatlaştiriş va kamaytirişga doir tegişli çoralarni köriş;
  • mijozlarni lozim darajada tekşiriş böyiça çora-tadbirlarni va identifikatsiyalaş jarayonini amalga oşiriş, şu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma'lumotlarni muntazam yangilaş va verifikatsiyalaş;
  • benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalaş, ularning şaxsini örganiş böyiça imkon qadar çoralarni köriş;
  • yuqori mansabdor şaxslar, ularning oila a'zolari va yaqin qarindoşlari tomonidan amalga oşirilayotgan operatsiyalarni çuqur monitoring qiliş.

Içki nazoratni taşkil qiliş va amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan şaxs taşkilotda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi rahbar xodimlar orasidan tanlanadi. Mas'ul xodim hamda Içki nazorat qoidalari talablari bajarilişi töğrisida ma'lumotlar har yili 10 yanvarga qadar Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga (LBMA) yuboriladi. Öz navbatida, LBMA uşbu ma'lumotlarni har yilning 20 yanvariga qadar Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga yuboradi.

Mas'ul xodim quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş uçun kripto-aktivlar sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxs xizmatlaridan foydalaniş xavfining oldini oliş uçun qonunçilikda, mazkur qoidalarda va içki qoidalarda nazarda tutilgan çoralarni köradi;
  • daromadlarni legallaştirişga oid qonunbuziliş holatlari töğrisidagi axborotni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslar rahbariga taqdim etadi;
  • qoidalar va içki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi böyiça aniqlangan kamçilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etiş yuzasidan kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslarning rahbariga körib çiqişi uçun takliflar kiritadi;
  • terroristik faoliyatni amalga oşirişda va ommaviy qirğin qurolini tarqatişda iştirok etayotgan yoki iştirok etişda gumon qilinayotgan şaxslar röyxati kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxsning xodimlariga yetkaziladi.

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslar içki qoidalarni işlab çiqişlari va tasdiqlaşlari lozim. Ularda quyidagilar aks ettirilişi kerak:

  • tavakkalçiliklarni aniqlaş, baholaş, monitoring qiliş, kamaytiriş va hujjatlaştirişga doir çoralarni amalga oşiriş tartibi;
  • mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekşiriş, şuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oşiriş qoidalari;
  • kerakli axborotni rasmiylaştiriş va uning maxfiyligini ta'minlaş tartibi;
  • şubhali operatsiyalarni aniqlaş tartibi, şuningdek bunday operatsiyalar töğrisidagi xabarlarni tayyorlaş va maxsus vakolatli davlat organiga yuboriş tartibi.

Şuningdek, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslar:

  • mijozlarni lozim darajada tekşiriş çora-tadbirlarini körişlari kerak;
  • mijozga beriladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştiriş yoki ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştiriş maqsadida operatsiyalarni bajarişning tegişli tavakkalçilik darajasini aniqlaşlari lozim;
  • belgilangan mezonlar va alomatlar yordamida şubhali operatsiyalarni aniqlaşlari kerak;
  • mijoz, uning benefitsiar mulkdori va operatsiya iştirokçilarining identifikatsiya ma'lumotlarini röyxat bilan soliştirişlari şart.