Tadbirda Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etdi. Şuningdek, Janubiy Koreyaning bir qator rasmiy idoralar vakillari, jumladan, Kvangju şahri Kvansan-gu tumani hokimi, Kvangju universiteti rahbari, Xalqaro Rotary taşkilotining 3710 okrugi gubernatori, Özbekiston Boş vazirining savdo böyiça maslahatçisi va boşqalar rasmiy oçiliş marosimida sözga çiqişdi.


Ma'lum bölişiça, Koreyaning Kvangju şahrida 4500 mingdan ortiq özbekistonlik hamyurtlarimiz faoliyat olib borişadi. Yangi oçilayotgan «Umid» markazining asosiy vazifasi turli xil şaroitlar sababli qiyin vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarimizga yaqin kömak berişda xizmat qiladi. Şuningdek, yangi ta'mirdan çiqqan 4 xonali markaz vatandoşlarimiz uçun vaqtinçalik boşpana vazifasini ham ötaydi. Markaz Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan zamonaviy texnika vositalari va mebellar bilan jihozlanişi közda tutilgan.





Feruza Avazova
UzbekLife’ning Janubiy Koreyadagi muxbiri









