23 may kuni Past Darğom tumanidagi tekstil korxonalaridan birida işlovçi 19 yoşli qiz iş vaqtida zörlangani, keyinroq voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lum qilinişiça, tumandagi tekstil korxonalaridan birida işlagan 19 yoşli qiz M.B. iş vaqtida zörlangan. Qizning aytişiça, u öşa kuni tungi navbatçilikda işlayotgan bölgan. Korxona ustasi kelib, undan taşqariga çiqişni söragan. Söng qöl-oyoğini boğlab, maşinada korxona yaqinida joylaşgan qurilişi bitmagan bino oldiga olib borgan va öşa yerda maşina içida zörlab, nomusiga tekkan.

Mazkur holat yuzasidan gumondor 28 yoşli F.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan.

Mazkur masala 23 iyun kuni viloyat prokurori Ravşan Maşaripov va senator Farmon Toşev boşçiligida, viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy örinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovçilari, jabrlanuvçi, ayblanuvçi, ularning vakillari va himoyaçilari, keng jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokidagi brifingda muhokama qilindi.

Brifingda viloyat prokurori Ravşan Maşaripov mazkur voqeadan telekanallardan birida körsatilgan lavha orqali voqif bölgani, işni öz nazoratiga olganini aytib ötdi. Söngra jinoyat işi böyiça tergov qanday taşkil etilgani masalalariga töxtaldi.

Yiğilişda viloyat prokuraturasi va içki işlar boşqarmasi mas'ul rahbarlari mazkur holat yuzasidan jinoiy iş oçilişi tafsilotlari va gumondorni uşlaş, tergovning ketişi borasida umumiy tarzda ma'lumot berib ötişdi.

Samarqand viloyat prokuraturasi bölim katta prokurori Zohid Burhonov uşbu jinoyatni röyxatga oliş va tergov olib borişda yöl qöyilgan kamçiliklarni sanab ötdi.

Uşbu brifing yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ham rasmiy munosabatini e'lon qildi.

«Aybdor aniq bölsa-da, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilganidan söng ayblanuvçiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot çorasi tanlangan.

Viloyat prokurori tomonidan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettiriş prokuratura organlari tergovçilariga topşirilib, şahar IIB xodimlarining harakatlari böyiça Içki işlar vaziri nomiga xizmat tekşiruvi tayinlandi va iş prokurorning şaxsiy nazoratiga olindi», — deyiladi munosabatda.

Avval Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi boşliği Damir Sultonov, söngra viloyat Tergov boşqarmasi boşliği Ramazon Aşrapov holat yuzasidan belgilangan tartib va qoidalardan çiqmagan holda iş olib borilganini ta'kidlab ötişdi.

Brifingda jabrlanuvçiga söz berildi. U öşa kungi voqealardan söng özining ruhiy holati yomonlaşganini aytib, voqea odilona tergov qilinişida yordam söradi.

Voqeadan 27 kun ötib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan gumondor ham qiz tuhmat qilmayotgani, voqea bölib ötganini tan oldi. Gumondorning advokati esa voqea OAVda bir tomonlama yoritilib, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilinmagani borasida öz e'tirozini bildirdi.

Har ikki tomondan yangragan e'tirozlarga nisbatan viloyat prokurori barça masalalar böyiça sud özining adolatli bahosini berişini tuşuntirdi.

«Zarafşon» gazetasi boş muharriri, senator Farmon Toşev jinoyat işlarini oçiş va tergov qilişda sustkaşlikka yöl qöyib bölmaslik, bu xalq işonçining yöqotilişiga olib kelişi mumkinligi, bunday jinoyatlarni tergov qiliş prokuratura organlariga qaytarilişi kerakligi haqida gapirib ötdi.

Yiğilişda ommaviy axborot vositalari ham jamoatçilik nazorati örnatilişida prokuratura va içki işlar idoralariga yaqindan yordam berayotgani e'tirof etildi. Şuningdek, nomusga tegiş bilan boğliq jinoyatlarni yoritişda şoşma-şoşarlikka yöl qöyib bölmasligi, bu hol jamoatçilikda boşlanğiç notöğri taassurot uyğonişiga sabab bölişi ham aytib ötildi.

Şuhrat Şokirjonov