Vazirlar Mahkamasi “Davlat kadastrlarini yuritiş sohasini tartibga soluvçi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat prezidentning “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son farmoni hamda “Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son qarorini amalga oşiriş maqsadida qabul qilingan.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat yer kadastrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom (1);
  • Bino va inşootlar davlat kadastrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
  • Köçmas mulk obektiga kadastr yiğmajildini tayyorlaş tartibi töğrisidagi nizom.

Nizomga (1) asosan davlat yer kadastri yerlarni hisobga oliş, yer uçastkalariga bölgan huquqlar kafolatlanişini ta'minlaş, yerdan foydalanişni har tomonlama örganiş va baholaş maqsadida yuritiladi.

Quyidagilar davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yer kadastri ma'lumotlarini işlab çiqiş texnologiyasini doimiy ravişda takomillaştiriş, tizimlaştiriş, saqlaş, yangilaş;
  • foydalanuvçilarga yer kadastri töğrisida işonçli ma'lumotlar taqdim etiş.

Davlat yer kadastrini yuritiş aerokosmik suratga oliş, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boşqa tadqiqotlar hamda izlanişlar olib boriş, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinişi va baholanişi, yuridik va jismoniy şaxslarning yer uçastkalariga bölgan huquqlarini davlat röyxatidan ötkaziş orqali ta'minlanadi.

Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:

  • yer uçastkalariga egalik qiliş, ulardan foydalaniş, ularga bölgan mulk va ijara huquqlarini davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi ma'lumotlarni, şuningdek, servitutlarni va uşbu huquqlarga doir boşqa çeklaşlarni hisobga oliş;
  • yer miqdorini hisobga oliş;
  • yer sifatini hisobga oliş (tuproq bonitetini aniqlaş);
  • yerni qiymat jihatidan baholaş.

Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritişning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • respublikaning butun hududini qamrab oliş;
  • fazoviy koordinatlarning yagona tizimini (WGS-84) qöllaş;
  • yer kadastriga doir ma'lumotlarni işlab çiqiş uslubining birligi va uzluksizligi;
  • yer kadastriga doir ma'lumotlarning işonçliligi va tejamliligi.

Davlat kadastrlari yagona tizimiga davlat yer kadastriga oid kiritiladigan ma'lumotlarning tarkibi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan işlab çiqiladi hamda DSQ va Qişloq xöjaligi vazirligi bilan kelişiladi.

Davlat yer kadastri tasdiqlangan sxemaga muvofiq yuritiladi. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boşqarmalari va filiallarining funksiyalari belgilandi.