Dunyoda insonni iztirobga soladigan vaziyatlar köp: bular orasida yaqin insoningni yöqotişdan qörqib yaşaş eng dahşatlisi bölsa ajab emas. Oqqonga çalingan bemorlarning yaqinlari har lahzada buni his qilişadi. Şu sababdan ularning sözlarini e'tiborsiz tinglab bölmaydi.

“Qölidan heç narsa kelmasa erkak kişi uçun oğir bölar ekan”

2 farzandning otasi Umrbek “Tez tibbiy yordam”da bemorlarga tezkor yordam körsatiş uçun şifokorlarni eltar edi. Afsuski, bugun uning özi şunday bemorlar safida yaxşilardan madad kutmoqda. Bir neça yildan beri oqqon bilan kuraşib kelayotgan yigitning soğayişi uçun şifokorlar imkon boriça öz mahoratlarini işga solişdi. Hozir unga ilik köçiriş operatsiyasi yordam berişi mumkinligini aytişgan. Kasallik sabab ayni paytda işsiz bölgan oilada esa bunga şaroit yöq.

Umrbek Matkarimovga oid ma'lumotlar:

Özkard: 8600 0904 2884 4490 bemor Umrbek Matkarimov nomida

Sberbank: 4216 6600 3020 5744 qarindoşi Jasurbek Otajonov nomida

Telefon: +998339136045 (bemor)

Yetimlar boşini silayotgan oilani qiynayotgan dard

Sanobar va Munojat bir-biriga ovsin bölişgan. Taqdir taqozosi bilan Munojatning yetim qolgan farzandlarini ham öz farzandlariga qöşib tarbiyalayotgan oila boşiga ikkinçi katta taşviş tuşdi. Sanobarda oqqon kasali aniqlandi. Opasi Munojat gematologiya şifoxonasida farroşlik qilgani sabab bu kasalning odamzotga yetkazadigan zararini yaxşi anglaydi: “Singlim bilan bitta uyda yaşaymiz, meniyam bolalarimni şuni turmuş örtoği boqib turgandi. Singlimni davolatiş uçun mol-hol – hammasini sotdik, heç narsa qolmadi, qarzgayam botdi. Har safar kimyoterapiyalarni olganida qörqib ketaman” deya qayğuradi jigari uçun.

Sanobar Sultonboyevaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 5590 9349 turmuş örtoği Asror Sultonboyev nomida

Sberbank: 4817 7602 1266 2567 qarindoşi Baxtiyor Mirzaxolov nomida

Telefon: +998993279091 (turmuş örtoği)

Sirti butun, içi tutun bölgan onalar...

Quvondiq hozir 29 yoşda. U 24 yildan buyon maş'um kasallikning çangalida azob çekadi. Gemofiliya oqibatida yemirilgan oyoq suyagini operatsiya qildiriş uçun bundan 8 yil avval uylarini ham sotişgan. “Hayotda nimalar bölmaydi deysiz... Dadam rahmatli mening dardim bilan ötib ketdi. Hozirda onam ikkimizning 800 ming atrofidagi nafaqamizga kun keçiryapmiz. Işlaşni xohlayman, lekin soğligim yöl qöymaydi: bir çelak suv kötarolmayman. 10 yildan beri ijaradamiz, uyda yolğiz erkak kişi bölsam-da qölimdan iş kelmasligi alam qiladi” öksinadi yigit. Onasi Çinnigul opa yolğiz farzandining dardiga bir umr şerik bölgan. Özining ta'biri bilan aytganda: “Sirti butun bölsa-da, içi tutun”.

Quvondiq Juzboyevga oid ma'lumotlar:

Özkard: 8600 0610 1173 8993 Quvondiq Juzboyev nomida                                                                                                                                                                           
Humo: 9860 0301 4509 0962 qarindoşi Seitbek Odilbekov nomida

Telefon: +998939859892 (bemor)

“Bir öğlim endi tuzalganida ikkinçisi dardga çalindi”

Azizbek ulğayganida şifokor bölişni niyat qilgan – öziga öxşagan bemor bolalarni davolamoqçi. Bir emas, ikki öğli xastalikka çalingan Fotima bolalarining dardini aritiş uçun harakat qiladi: “Alloh dard bersin-u farzand bilan sinamasin ekan. Katta öğlim 1-sinfda öqiyotganida insult bölib qöl-oyoği işlamay, tildan ham qoldi. 5 yil uni parvarişlab, endi oyoqqa turğazganimda soppa-soğ yurgan bu öğlim oqqonga duçor böldi” deydi u.

Azizbek Davronovga oid ma'lumotlar:

Özkard: 9860 0301 0149 2723 onasi Fotima Karimova nomida

Sberbank: 5469 3800 3958 0021 qarindoşi Sunnat Norqulov nomida

Telefon: +998942570979 (onasi)

“Oyning ön beşi qoronğu, ön beşi yoruğ” deyişadi. Bugungi bemorlarimiz öşa qoronğu kunlarni boşdan keçirişmoqda. Ular hozir nafaqat moddiy yordamga, balki şirinsözga, daldaga, duoga ham muhtojdirlar. Bunday paytda kimning nimaga imkoni bölsa va öşa bilan kömak bersa, ortiği bilan olgusidir.

Gulmira Toşniyozova tayyorladi
Tasvirçi Şerzod Egamberdiyev