Urgutda öz yeriga özboşimçalik bilan bino qurgan va unumdor yer qatlamiga zarar yetkazgan fermer xöjaligi rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Urgut tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, «O.» fermer xöjaligiga qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş uçun ajratilgan 52,4 gektar yer maydonidan xöjalik rahbari belgilangan yönalişlarda foydalanmasdan kelgani aniqlangan.

U bino-inşoot qurişga ruxsat beruvçi hujjatlari mavjud bölmagan holda, özboşimçalik bilan 20 sotix yerda quriliş işlarini amalga oşirgan. Bundan taşqari, 18 sotix yerning unumdor qatlamidan tuproq kavlab olgan. Oqibatda, jami 38 sotix yer maydonining qişloq xöjaligi oborotidan çiqişiga yöl qöyib, davlat va jamiyat manfaatlariga 279,6 million söm zarar yetkazilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan fermer xöjaligi rahbari U.Q. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.