Hindistonda koronavirusdan soğaygan bolalar orasida multitizim yalliğlaniş sindromi bilan kasallaniş avj olmoqda. Bu haqda The Times of India naşri ma'lum qildi.
«Bu sindromga bir yil bölmoqda va u bilan boğliq holatlar tobora köproq qayd etilmoqda», deb ma'lum qilgan Çandigarxdagi Tibbiy ta'lim instituti bolalar bölimi boşliği, professor Jayaşri.
Uşbu sindrom Maxaraştra, Xaryana, Panjob va boşqa ştatlarda bolalar orasida qayd qilingan. U bilan kasallanganlar soni noaniq, biroq raqamlar yuzdan ortiqni taşkil etmoqda.
Şifokorlar Hindistonda bu kasallik böyiça umummilliy statistika va unga qarşi kuraşişga oid tavsiyalar yöqligidan xavotir bildirişmoqda.
Kasallik bola yoki ösmir koronavirusdan soğaygandan 4–6 hafta ötib rivojlana boşlaydi. Uning alomatlari quyidagilardan iborat: tana harorati kötarilişi, titraş, toşma toşişi, kon'yunktivit, içburuğ va qayt qiliş, past qon bosimi. Uşbu kasallik boşqa bolalar kasalliklari bilan çalkaştirilmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, bolalarning uşbu sindrom bilan kasallanişi sabablaridan biri pandemiyada kiritilgan çeklovlar tufayli ular kam harakatlanayotgani, kamroq sayr qilayotgani va maktabga bormayotgani hisoblanadi. Şuningdek, uşbu kasallikning ortiqça vaznga ega bolalarda paydo böliş xavfi yuqori.
Ma'lumki, Hindistonda koronavirusning eng xavfli turi «delta» va uning yangi varianti «delta-plyus» paydo bölgandi. Bundan taşqari, mamlakatda koronavirusdan soğayganlar orasida «qora», «oq», «yaşil» va «sariq» moğor kasalliklari avj olişi kuzatilmoqda.












