Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida vagondan ruda toşlarini öğirlayotgan şaxs IIB xodimiga qarşilik körsatib, unga jarohat yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 24 iyun kuni Paxtaçi tumani Ziyovuddin şaharçasida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan A.O. «Ziyovuddin» temir yöl bekatida yuk vagoniga çiqib, ruda toşlarini öğirlayotganda, holatni şu yerda xizmat olib borayotgan kiçik serjant K.Rasulov körib qolib, A.O.ni töxtatgan.

Şundan söng A.O. IIB xodimiga faol qarşilik körsatib, kiçik serjant K.Rasulovga tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Huquqbuzar Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Suriştiruv davomida mazkur şaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-qismi bilan sudlangani aniqlangan.