Prezidentning «Yangi Andijon» şaharçasini barpo etiş va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan quyidagi mablağlar ajratiladi:
a) «Yangi Andijon» şaharçasini barpo etiş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetiga markazlaşgan investitsiyalarni oşiriş hisobiga qaytarib bermaslik şarti bilan – 100 mln dollar ekvivalentida, şundan:
- 25 mln dollar ekvivalentidagi mablağlar – ijtimoiy soha obektlarini qurişga, şu jumladan Andijon tibbiyot instituti obektlari uçun;
- 15 mln dollar ekvivalentidagi mablağlar – yöl ötkazgiçini va yöl infratuzilma obektlarini barpo etişga;
- 60 mln dollar ekvivalentidagi mablağlar – kommunikatsiya tarmoqlari, muhandislik infratuzilmasini yaratişga, loyihalaştiriş işlariga, quriliş işlarini nazorat qiliş, boşqariş va boşqa xarajatlarga;
b) Andijon viloyatida kiçik va örta tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun – 80 mln dollar ekvivalentida tijorat banklariga, şundan:
- 40 mln dollar ekvivalentidagi mablağlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7 foiz stavkasida – teng uluşda «Özsanoatqurilişbank» va «Qişloq quriliş bank» aksiyadorlik tijorat banklari orqali 200 ta mahallada kooperatsiya asosida kiçik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida biriktirilgan «yetakçi» tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaşga;
- 40 mln dollar ekvivalentidagi mablağlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 11 foiz stavkasida - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki orqali issiqxona massivlarini barpo etiş va aholi xonadonlarida issiqxonalar taşkil etişni moliyalaştirişga;
v) kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadlari, şu jumladan bank kreditlari böyiça kafilliklar beriş uçun Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi resurs bazasini oşiriş hamda Xonobod şahrida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etiş tadbirlarini moliyalaştiriş uçun Davlat budjetiga qaytarib bermaslik şarti bilan – 20 mln dollar ekvivalentida.












