O‘zbekiston | 08:58 / 27.07.2021
7038
4 daqiqa o‘qiladi

«Yangi Andijon» shahrini qurish uchun 4 ming gektar yer maydoni ajratiladi

Prezident tomonidan "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Hujjatga asosan 440 ming aholi uchun "Yangi Andijon" shahrini bosqichma-bosqich kompleks qurish uchun Andijon tumanining adirliklari hududidagi o‘zlashtirilmagan 4 ming gektar yer maydoni ajratiladi.

Shahar barpo etilishining I bosqichida 121 ming aholi uchun ko‘p qavatli turar joylar, ijtimoiy soha, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, shuningdek, kichik sanoat zonasi quriladi.

Quyidagilar tashkil etildi:

  • "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi;
  • shaharni barpo etish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi shtab;
  • Andijon viloyati hokimligi huzurida "Shaharda obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi" DUK.

Quyidagilar belgilandi:

  • Respublika komissiyasi, Shtab va Direksiyaning asosiy vazifalari;
  • Direksiya faoliyatini va shaharni barpo etishning I bosqichini moliyalashtirish manbalari.

I bosqich doirasida:

a) obektlarni barpo etish buyurtmachisi funksiyalarini quyidagilar bajaradi:

  • Direksiya - ichki yo‘llarni, ijtimoiy soha va obodonlashtirish obektlarini qurish qismida;
  • tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar hamda ularning buyurtmachi xizmatlari - tashqi muhandislik, aloqa va transport kommunikatsiya obektlarini qurish qismida;

b) istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida:

  • shaharning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun - bosh loyiha tashkiloti "O‘zshaharsozlikLITI" DUK tomonidan "Keym Kensel Yenileme Merkezi A.Ş." kompaniyasi (Turkiya);
  • ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - "O‘zkommunalloyihaqurilish" MChJ hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
  • avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - "Yo‘l loyiha byurosi" MChJ, "O‘zyo‘lloyiha" loyiha-qidiruv instituti" DUK, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi boshqa loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
  • elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - Energetika vazirligi tizimidagi loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
  • ijtimoiy soha, infratuzilma obektlari va umumiy foydalanish maydonlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - buyurtmachilar tomonidan eng yaxshi takliflar tanlovi orqali aniqlangan loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari jalb qilinadi;

v) shaharda ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun metallprokat va sement mahsulotlarini pudratchi tashkilotlarga yetkazib berish Prezidentning 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son Farmonida ko‘zda tutilgan alohida birja savdo seksiyasi orqali sotish tartibi asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid