Andijon respublikaning aholi eng ziç joylaşgan hududi ekani hisobga olinib, 2021 yilda davlat rahbari taşabbusi bilan yangi şahar qurilişi boşlangandi. Bu galgi taşrifda prezident loyihaning ilk natijalarini kördi.

Uşbu şahar Andijon tumanidagi adirlikda, qişloq xöjaligida foydalanilmagan 4 ming gektar maydonda barpo etilmoqda. Quriliş sakkiz bosqiçda rejalaştirilgan bölib, hozirda 1 ming 770 ta xonadonli 63 ta uy foydalanişga topşirilgan. Şuningdek, 1 ming 680 örinli maktab, 420 örinli bolalar boğçasi, 250 qatnovga möljallangan poliklinika qurilgan. Yengil sanoat korxonasi, ipoteka markazi taşkil etilgan.

Davlat rahbari hudud böylab yurib, yangi majmualarni közdan keçirdi.

«Tayyor xonadonlarning köpçiligiga oilalar köçib kelib, yaşamoqda. Öyin maydonçalaridagi bolakaylarning şodliklari köngillarga quvonç, halovat bağişlaydi. Bunyodkorlik işlari jadal davom ettirilib, bu yil mingdan ziyod xonadonli yana 40 ta köp qavatli uy barpo etiladi.

Inşootlar yöl, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv, issiqlik kabi zarur tarmoqlar bilan ta’minlangan. Içimlik suvi yetkazib beriş uçun siğimi tört ming metr kub bölgan suv saqlaş va uzatiş inşooti işga tuşirildi.

19 gektar maydonda “Yangi Özbekiston” boği barpo etilib, ön ming tupdan ortiq manzarali daraxt köçatlari, buta va gullar ekildi. Amfiteatr, dam oliş joylari, dekorativ yölaklar, kafelar, bolalar öyingohi, yoritiş tizimlariga ega bölgan boğ Yangi Andijonning körki böladi. 

Bu yerdagi “Vatanparvar boği” katta ramziy ma’noga ega. Boğdagi “Vatanga qasamyod” monumenti, muzey, konsert va tomoşa maydonlari mehmonlarda katta taassurotlar qoldiradi.

Loyiha kölami keng. Hududning 1 ming 439 gektarida 2 mingta köp qavatli turar joy qad rostlaydi. Şuningdek, köplab savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, 1 ming 820 gektarda yaşil hududlar taşkil etiladi. Qurilişlar bitgaç, bu yerda 410 ming nafardan ziyod aholi yaşaşi mumkin böladi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Şu yerda yangi quriliş va obodonlaştiriş loyihalari taqdimot qilindi. Unga köra, Alişer Navoiy nomidagi istirohat boği ta’mirlanadi. Yangi Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali örnatiladi. Prezident bunda Boburning siymosini haqqoniy aks ettiriş, atrofini boburiylar merosi böyiça tematik parkka aylantiriş yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.